Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti taqdim etadi!

✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamkorligida milliy musiqa san’atining boy merosiga bag‘ishlangan "Jonli ijro zavqi" nomli katta konsert dasturi 13-fevral kuni soat 19:00 da "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida bo‘lib o‘tadi.

🔸 Asrlar davomida sayqallangan mumtoz kuy-qo‘shiqlar, yuraklarga orom baxsh etuvchi milliy ohanglar, ustoz san’atkorlar va yosh iste’dodlar ijrosida tomoshabinlarga havola etiladi. Ushbu konsert milliy musiqa san’atimizning betakror go‘zalligini yana bir bor namoyon etadi.

🔸Milliy san’atimizni sevuvchi barcha muxlislarni unutilmas ijodiy kechaga taklif etamiz.