Maqom va baxshichilik san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy merosimizni chuqur tadqiq etgan holda uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, an’analarni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarga munosib shart-sharoitlar yaratish va yosh iqtidorli tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2024-yil 27-sentabr №361-3 - sonli qaroriga muvofiq, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituta huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.08/27.09.2024.San.183.01 - sonli ilmiy kengash ochildi. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti huzuridagi PhD.08/27.09.2024.San.183.01 - raqamli ilmiy kengashga 17.00.02 – “Musiqa san’ati” ixtisosligi bo‘yicha dissertasiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi.
Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan:
17.00.02 - "Musiqa san'ati"
Ilmiy kengash raisi: Abdullayev Rustambek Samigovich
Ilmiy kengash kotibi: Maxmudov A'zamjon Muxtarovich
Tel.: +998 97 883 06 06
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar:
17.00.02 - "Musiqa san'ati"
Ilmiy seminar raisi: Begmatov Soibjon Maxmudovich
Ilmiy seminar kotibi: Oripova Ra'no Ibrohimovna
Tel.: +998 99 513 01 71