| T/r | Davlat nomi | Universitet nomi |
|---|---|---|
| 1 | Ozarbayjon | Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at instituti |
| 2 | Ozarbayjon | Ozarbayjon milliy konservatoriyasi |
| 3 | Ozarbayjon | Ozarbayjon xalqaro Mug‘om markazi |
| 4 | Tojikiston | Tojikiston davlat madaniyat va san’at instituti |
| 5 | Tojikiston | Tojikiston kompozitorlar uyushmasi |
| 6 | Tojikiston | Tojikiston milliy konservatoriyasi |
| 7 | Qirg‘iziston | Qirg‘iz-Turk Manas universiteti |
| 8 | Qirg‘iziston | Qirg‘iziston milliy konservatoriyasi |
| 9 | Qirg‘iziston | Qirg‘iziston davlat madaniyat va san’at universiteti |
| 10 | Qozog‘iston | Qozog‘iston milliy konservatoriyasi |
| 11 | Koreya | Geochang teatr oliy maktabi |
| 12 | Koreya | Cheorvon tumani meriyasi |
| 13 | Indoneziya | Mulawarman universiteti |
| 14 | Xitoy | Shinjon san’at universiteti |
| 15 | Rossiya | Kazan davlat madaniyat instituti |
| 16 | Rossiya | Altay davlat madaniyat instituti |
| 17 | Buyuk Britaniya | SOAS universiteti |
| 18 | Turkiya | EGE universiteti |
| 19 | Turkiya | Ataturk universiteti |
| 20 | Turkiya | Chanoqqal’a universiteti |
| 21 | Turkiya | Anqara musiqa va go‘zal san’atlar universiteti |
| 22 | Gambiya | Gambiya milliy san’at va madaniyat markazi |
| 23 | - | TURKSOY tashkiloti |
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining xalqaro hamkorligi
Hozirgi kunda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti 23 ta turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan ikki tomonlama kelishuvlar asosida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Institutning xorijiy hamkorlik geografiyasi Markaziy Osiyo, Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqasidagi 11 ta davlatlarni qamrab oladi. Bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Indoneziya, Xitoy, Gambiya va Rossiyada mamlakatlaridir.
Institutda Buyuk Britaniya, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston davlatlaridan jami 10 nafar xorijiy talaba va doktorantlar tahsil olmoqda.
Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmanistondan jami 7 nafar xorijiy o‘qituvchilar jalb qilingan.