Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining mustaqil izlanuvchi(PhD)larning ish rejalari bo‘yicha amalga oshirayotgan ilmiy izlanishlarini nazorati bo‘yicha har oyda institut rektori huzuridagi rejali uchrashuv amalga oshirib kelinmoqda. Unda tadqiqotchining ilmiy izlanishi bo‘yicha muammo va kamchiliklari batafsil muhokama qilinib, unga kerakli bo‘lgan zarur va yordamlar berib borilmoqda.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1) ariza;
2) qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3) mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;
6) til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (kamida B1) taqdim etadilar.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 304-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 937-son qarori