Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshchiligida, Yoshlar ittifoqi raisi hamda yoshlar ittifoqi bir guruh Volontyorlari bilan “Eco xaftalik doirasida” Eco kun tashkil etildi. Bunda Institutimizga yaqin joyda joylashgan Mustaqillik mahallasi ko‘chalari har hil chiqindi hamda barglardan tozalandi. Ko‘chalar obod qilindi.

Institut jamoasi ishtirokidagi hashar davomida ta’lim muassasamiz hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, chiqindilardan tozalash, daraxtlarni oqlash va butash, bino-inshootlarni joriy taʼmirlash bo‘yicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilindi.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ham obodonlashtirish ishlari faol tarzda amalga oshirildi.Hasharda institut jamoasi faol ishtirok etib, hududni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shdi. Institut hovlisi, o‘quv binolari, auditoriyalar hamda atrof-muhit tozalanib, tartibga keltirildi. Amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari natijasida institut hududi yanada ozoda, fayzli va namunali maskanga aylandi, shuningdek daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi, yo‘laklar tartibga keltirildi hamda atrof-muhitni yanada chiroyli va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar olib borildi.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Yoshlar Ittifoqi BT ning a’zo talabalaridan iborat guruh “Eko Turizm” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi.
✅Sayohat davomida talabalar betakror tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lib, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, hududning go‘zal maskanlari, toza havosi va sokin muhiti yoshlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Sayohat jarayonida jamoaviylik, do‘stlik va faol hayot tarzi yana bir bor namoyon bo‘ldi.