Asosiy kontentga o'tish

ABITURIYENTLARNI ONLAYN RO’YHATGA OLISH

5-iyun kunidan boshlab 2026-2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

2026-2027-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

1-bosqichda abituriyentlar 2026-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:
Faqat test sinovida ishtirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅taʼlim tili;
✅test topshirish hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➡️taʼlim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

O‘ZMMSI O‘ZMMSI