Asosiy kontentga o'tish

AXBOROT-RESURS MARKAZI

Axborot-resurs markazining umumiy qoidalar

   Institutning Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Axborot-resurs markazi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.

   Axborot-resurs markazi oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmasi sifatida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo‘ysunadi.

  Axborot-resurs markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va Hay’at qarorlariga, oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari qarorlari va buyruqlariga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi ustavi  va ta’lim muassasasi rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalari hamda ushbu Nizomga amalga qiladi.

   Axborot-kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalarida belgilanadi.Foydalanish qoidalari har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi. 

   Institut Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.

  Institut Axborot-resurs markaziga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik, uning ishini muvofiqlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari

 Quyidagilar Axborot-resurs markazining asosiy vazifasi  hisoblanadi:

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot olishning manbai, shakli va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek,  aholining intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;

Axborot-resurs markazi  faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga axborot-resurs markaz xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda Axborot-resurs markazini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Axborot-resurs markazi  faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan Axborot-resurs markazi  resurslarini almashish va o‘zaro foydalanish borasida turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni ta’minlash;

Talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar,  professor-o‘qituvchilarga  xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlarini yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida Axborot-resurs markazi faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash;

Foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining  resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga ulangan holda markazning yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish;

Axborot-resurs markazi  fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;

yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, Axborot-resurs markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.

   Axborot resurs markazi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti  binosi ichida joylashgan bo‘lib, maydoni 116 km2. Kutubxona 3 ta bo‘limdan iborat: O‘quv zali, kompyuter zali, kitob tarqatish bo‘limi.

   Axborot resurs markazi kerakli barcha moddiy texnika bazasi bilan jihozlangan. 8 ta kompyuter va 1 ta rangli printer, skayner va nusxa ko‘chirish apparati mavjud.

   ARM da sovitish vositasi (konditsioner), katalog javoni va xodimlar uchun yordamchi xonalar mavjud emas.

   Institut ARMda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar 19 nafarni tashkil etadi. 1 ta kompyuter jamlanmasiga ko‘zi ojiz talabalar uchun maxsus programma o‘rnatilgan.

   Hozirgi kunda Axborot-resurs markazida 3 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limlarda jami 6 ta xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan oliy ma’lumotli kutubxonachilik mutaxassisligiga ega xodimlar 1 nafar, oliy ma’lumotli xodimlar 2 nafar o‘rta-maxsus kutubxonachi ma’lumotiga ega xodimlar 3 nafarni tashkil etadi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli qarorining 11-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taklifiga binoan     21-mayni “Kutubxonachilar” kuni deb belgilandi. Institutimiz talabalari va barcha bo‘limlar bilan hamkorlikda “O‘quv yilining faol talabasi” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazib kelinadi. 

   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 225-sonli “Oliy ta’lim tizimiga “Elektron kutubxona” platformasini joriy  etish va doimiy faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asoslanib, ARM fondidagi mavjud barcha o‘quv adabiyotlarini elektron platformaga 100% kiritilishi rejalashtirilgan.

   Axborot resurs markazi  elektron axborot-kutubxona bo‘limida maxsus ajratilgan kompyuterlarda professor-o‘qituvchilar, talabalar va xodimlar uchun ijtimoy-gumanitar fanlar bo‘yicha va musiqiy yo‘nalishga oid adabiyotlar joylashtirilgan. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha adabiyotlarni elektron versiyasi yaratilgan bo‘lib, https://t.me/uzmmsi_arm telegram kanali orqali OTMning barcha talabalari  fonddagi elektron ko‘rinishidagi o‘quv adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan musiqiy yo‘nalishdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarning  barchasi shu telegram kanalga joylashtirib borilmoqda.

   Axborot-resurs markazida 500 nomda, 2962 nusxada o‘quv adabiyotlar (darslik va o‘quv qo‘llanmalar) va 97 nomda, 233 nusxada ilmiy adabiyotlar bosma shaklda mavjud bo‘lib, ularning barchasi 100% elektron shaklga o‘tkazilib, “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirilgan.

   Axborot-resurs markazida jami 785 ta foydalanuvchi mavjud, shundan 624 nafari bakalavriat, 38 nafari magistratura talabalari, 1 nafari doktarant, 123 nafari professor-o‘qituvchilar,  28 nafarini ishchi-xodimlar  tashkil qiladi.

   Axborot-resurs markazi 2025-2026 o‘quv yillari davomida umumiy fondi 1633 nomda, 6794 sondani tashkil etadi. Shundan 500 nomda, 2962 sonda darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 601 nomda 2371 sonda badiiy adabiyotlar va 532 nomda 1461 sonda bashqa adabiyotlar. ARMni yil davomida amalga oshrilgan ishlaridan biri institut mablag‘lari hisobidan 15 nomda, 150 sonda o‘quv adabiyotlari hamda homiylar tomonidan 128 nomda, 1207 sondagi badiiy adabiyotlar ARM fondiga xadiya qilinishi. Buning natijasida kitobxonlarga keng badiiy adabiyotlar mutoalasi taqdim etildi.

   Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan   18 nomda, 35 sondagi  o‘quv adabiyotlar nashr etilib, ARM fondiga taqdim etildi. 

2024-2025 o‘quv yilida vaqtli matbuotlar “Gazeta va jurnallar” obunasi ham tashkil etildi. Bundan:

Gazetalar - 7 nomda, 112 sonda

Xalq so‘zi -11 ta

Yangi O‘zbekiston – 25 ta

Jadid – 11 ta

Ma’rifat– 5 ta

Oltin qalan – 50 ta

Yangi O‘zbekiston yoshlari – 5 ta

Bugungi O‘zbekiston – 5 ta

Jurnallar- 63 ta

Guliston – 25 ta

Teatr – 25 ta

Taraqqiyot – 5 ta

Ma’naviy hayot – 2 ta

Moziydan sado – 2 ta

Jahon adabiyoti – 2 ta

Tafakkur – 2 ta rnallar – 7 nomda, 63 sonda

Xorijiy jurnallar – 3 nomda, 6 sonda

Музыкалная академия – 2 та

Opera musicologica/музыковедchеские труды – 2 та

International Journal of music education – 2 ta

Xarijiy elektron jurnallar – 1 nomda, 2 sonda

Вестник наука и образования – 2 та

 Talabalar shaharchasida joylashgan institutning 8-sonli talabalar turar joyida ham Axborot-resurs markazi filiali tashkil etilgan бўлиб, mutaxassislikka doir barcha darslik  va o‘quv qo‘llanmalar hamda badiiy adabiyotlar mavjud.

Bulardan  1-oktabr “O‘qituvchi va Murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili –Qalbim tarjimoni” mavzusida tadbir o‘tkazilib, kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi” kuniga bag‘ishlab ARM o‘quv zalida “Konstitutsiya qomusimiz” shiori ostida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan jamoaga kitob to‘plami sovg‘a qilindi.

“21-may Kutubxonachilar kuni” bayrami bo‘lib, “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kutubxonachilarning o‘rni” mavzusida davra suhbati sifatida o‘tkazildi.

O‘ZMMSI O‘ZMMSI