O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi 13.3-bandida: “Har bir oliy ta’lim tashkilotida talabalar murojaatlarini tezkor va samarali hal qilish uchun “Tyutorga murojaat” axborot tizimini ishlash chiqish va ishga tushirish” topshirig‘iga asosan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutining "@uzmmsi_tyutorbot" boti ishga tushirilgan.
TYUTOR LAVOZIM VAZIFALARI
Tyutor mutaxassis xodimlar tarkibiga kirib, rektor buyrug‘iga asosan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi. Tyutor bevosita fakultet dekaniga bo‘ysunadi.
-O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
-Talaba yoshlarga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish asosida ularda milliy istiqlol tafakkurini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ahloq, huquqiy bilimlarni, ma’naviy yetuklikni chuqur egallab, qonunlarimiz ustivorligini tan oladigan, mehnatsevar, erkin shaxs sifatida ularni komil inson qilib tarbiyalash;
-Talaba yoshlarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar: terrorizm, diniy aqidaparastlik, narkomaniya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash ruhida tarbiyalash;
-Talabalar manfaatini muntazam himoya qilish, ularga yaratilayotgan sharoitlar va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yoshlarga yetkazish uchun faol harakat qilish, ularga o‘qish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, yashash va dam olish uchun, shuningdek, talabalar uylarida va xususiy xonadonlarda yaratilgan sharoitlarni yaxshilashga harakat qilish;
-Talabalar ota-onalari, ular yashayotgan xususiy xonadon egalari va mahalla faollari bilan doimiy aloqada bo‘lish, xususan, chekka viloyatlardan kelib yirik shaharlarda tahsil oladigan talaba-yoshlarga ijtimoiy-psixolik xizmat va yordam ko‘rsatish, rivojlanib borayotgan axborot oqimlari (xususan hurujlari) orasida talabaning maqsadi va manfaatiga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlar olish va foydalanishga mutaxassisning hamrohlik qilish;
-Talaba yoshlarni sport va sog‘lomlashtirish to‘garaklariga jalb etish, ularni faol yashash va dam olishga o‘rgatish, nogiron va kam ta’minlangan talabalarga alohida homiylik qilish hamda ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
-Talaba yoshlarda ijodiy fikrlashni shakllantirish, ijtimoiy- gumanitar fanlarga qiziqtirish, ularni tashabbuskor ilmiy faoliyatga yo‘naltirish hamda ularda tadbirkorlik xususiyatlarini takomillashtirish;
-Talaba yoshlarda mehnat intizomini mustahkamlash, ularda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish, ularning universitetdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlash;
-Akademik guruhlarda murabbiy darslari va “Ma’naviyat kunlari”ni dars jadvali asosida o‘tilishini tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlash;
-Talabaning ruhiy, ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy hususiyatlarini va u haqidagi shahsiy ma’lumotlarni yorituvchi kundalik hamda murabbiy darsi va ish rejadagi turli hil tadbirlarni qayd qilish jurnalini tutish;
-Talabalarga berilayotgan bilim, ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish, ularga axborot-resurs markazi jamg‘armalari va manbaalaridan keng hamda unumli foydalanishga ko‘maklashish;
-Talabalarning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ularga berilayotgan bilimlarni o‘zlashtirishni nazorat qilish. Talaba haqidagi dekanatga tushayotgan ma’lumot asosida guruh sardori bilan birgalikda o‘qituvchilar bilan suhbatlashish. O‘zlashtirishi past talabaga yordam uyushtirib, a’lochi talabani unga biriktirishi, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha qarzlarini ma’lum muddatda topshirishini belgilash va uni nazorat qilish, guruhning umumiy fikrini shakllantirish;
-Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish, turli ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, Respublika olimpiadalari va forumlarida talabalarning ishtirok etishlarini tashkil etish, dekanat bilan birgalikda ularni rag‘batlantirish uchun tavsiyalar berish;
-Talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarida qatnashishlariga ko‘mak berish va rag‘batlantirish, ilm-fan va tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni rektorat va jamoat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirishni tashkil etish.
Bilishi kerak:
-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni, ta’lim va yosh avlodni tarbiyalashga oid O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, yuridik ta’lim sohasini takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining oliy ta’limga oid buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini, institut Ustavi va Ichki tartib qoidalarini;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomini;
-Talabalar va xodimlar bilan o‘zaro muomalada axloqiy va nutq madaniyatini, o‘zining professional mahoratini doimiy takomillashtirib borish yo‘llarini, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini;
-Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlash qoidalari va me’yorlarini;
-Pedagogik faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni, qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, yillik va istiqboli rejalari bilish.
Malaka talablari:
-Oliy ma’lumotga (bakalavr,magistr) hamda, qoida tariqasida, kamida 2 (ikki) yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;
-Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va talaba-yoshlarni boshqarishga tegishli jarayonlardan xabardor bo‘lish;
-Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lish;
-Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qarorlar qabul qilish va ish tutish, qat’iyat bilan harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim;
-Zarur bo‘lgan kasbiy qobiliyatlarga, vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
-Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
-Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
Hozirda tyutorlik uchun vakansiya mavjud emas.