III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalar: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov kirish nutqlari bilan ochib berdilar.