“Gran-Pri”- 15 000 AQSH dollari;

Mukofot jamg'armasi

1-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

  • -yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 10 000 AQSH dollari,
  • -ansambl jamoasi uchun – 10 000 AQSH dollari

2-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

  • -yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 7 000 AQSH dollari,
  • -ansambl jamoasi uchun – 7 000 AQSH dollari

3-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

  • -yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 5 000 AQSH dollari,
  • -ansambl jamoasi uchun – 5 000 AQSH dollari

Bundan tashqari anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi. Anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom san’ati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etiladi.

Tanlov va hakamlar hay'ati

“III Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, xalqaro hay’at tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari bo‘yicha baholanadi.

(Ma’lumot uchun, xalqaro tanlov hakamlar hay’ati a’zoligiga Ozarbayjon Respublikasi, Fransiya, Turkiya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Quvayt Davlati, Kanada, O‘zbekiston Respublikasidan hakamlar ro‘yxati shakllantirilgan.)

Ishtirokchi mamlakatlar va jamoalar

“III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasidagi xalqaro tanlovda 18 ta mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Jumladan, Ozarbayjon Respublikasining mashhur “Mug‘om” jamoasi, Pokiston Islom Respublikasining “Humarian Press Kit” guruhi, Qirg‘iziston Respublikasining Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik musiqali teatri, Hindistondan Moumita Mitra va Sayak Barua, Niderlandiya Qirolligining “Druk Luyang” jamoasi, Tojikiston Milliy maqom ansambli, Qozog‘iston Respublikasining “Qag‘an” etno-folklor ansambli, Turkiyadan Asude Chelebio‘g‘lu va Ismoil Haqqi, Suriya Arab Respublikasining “Sheikh Hamed Davood” jamoasi, Gruziyaning “Ialoni” an’anaviy ayollar musiqa ansambli, Koreya Respublikasining “Miryang” musiqiy jamoasi, Yaponiyaning “Shimono Ayumi no Kai KSPS Japan” jamoasi hamda Turkmaniston xalq musiqasining klassik triosi, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston davlat simfonik orkestri milliy sozandalar ansambli, “Maqom band” sozandalar ansambli, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti magistr xonandalar ansambli, “Dilnavoz” maqomchilar ansambli, Yosh maqomchilar terma jamoasi (Nafisa Farmonova, Maftuna Saidova, Sunnatilla Yunusov, Quvonchbek Do‘stmurodov, Suxrob Madraimov, Inoyat Bozorov Mirshod Quvondiqov, Asqar Temirov, Sirojiddin Omonov va Bayram Yakubov), Mamasodiqov Nodirbek Begali o‘g‘li (Tanbur) va Turg‘un Alimatov nomidagi “Me’ros sozandalar ansambli” tanlovda ishtirok etadi.

Shuningdek, yakka ijrochilar yo'nalishida Xitoy Xalq Respublikasidan (Uyg'ur) Munire Vusiman, Armaniston Respublikasidan Mariam Hovnanyan, Eron Islom Respublikasidan Maleki Jahandar, Mo'g'uliston Respublikasidan Tserendavaa Tsogtgerel, Ozarbayjon Respublikasidan Nuraddin Taghiyev va Teymur Jabrayilov hamda O‘zbekiston Respublikasidan xonanda Orif Ergashev o‘z ijodiy dasturlari bilan qatnashadilar.

Pavilionlar va ko'rgazmalar

Shuningdek, Namangan shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida anjuman doirasida yurtimizdagi 14 ta hududlarning o‘ziga xos madaniyati va san’atini namoyish etish uchun povilonlar tashkil etildi. “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” davomida hududlarga ajratilgan pavilionlarda xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.