O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
XALQARO FESTIVALLAR DIREKSIYASI
O‘ZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATI MARKAZI
YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI
INSTITUTI

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ- 3391-son Qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi”da belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 24–25-iyun kunlari Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro maqom forumi doirasida o‘tkaziladigan III Xalqaro maqom san’ati konferensiyasi tashkiliy qo‘mitasi sizni “Sharq maqomotida yangi tendensiyalar: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi Xalqaro ilmiyamaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.
Konferensiyaning maqsadi: Sharq xalqlari mumtoz musiqa san’atining yetakchi janri bo‘lgan maqomlarni keng targ‘ib qilish, maqomot an’analarini
zamonga mos avaylab-asrash va saqlash, ilmiy-nazariy tadqiq etish, o‘rganish va o‘zlashtirish, o‘zbek maqomlari hamda boshqa xalqlarning turdosh va nomdosh maqomot janrlarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy-ijodiy muloqotlar va hamkorlik qilish, madaniy-ma’naviy munosabatlarni xalqaro miqyosda kengaytirishdan iborat.
Konferensiyaning mavzu yo‘nalishlari:
1. Sharq maqomotining zamonaviy ta’lim, texnologiya va madaniy integratsiya istiqbollari.
2. Maqom san’atining tarixiy taraqqiyoti va manbashunoslik muammolari;
3. Maqomot tizimining ilmiy-nazariy, terminologik va amaliyot masalalari;
Konferensiya doirasida turli mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Konferensiyada musiqashunoslar, maqomshunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, musiqiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, onlayn shaklda ishtirok etish imkoniyati ham mavjud. Konferensiyaning ishchi tillari – o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Ishtirok etish shartlari:
Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar 2026-yil 20-mayga qadar quyidagi havola orqali ariza to‘ldirilishi talab etiladi:
(https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd6YTtkLfSYu9lw2hEFlIXONtrK0IZ9v7-fpIBnpY3jlWDZfg/viewform?usp=publish-editor).
Ma’ruza mavzusi hamda 300 so‘zdan iborat tezisni maqomconference@gmail.com elektron manziliga yuborishlari lozim. Tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilingan ma’ruzalarning to‘liq matni 2026-yil 30-may sanasiga qadar maqomconference@gmail.com elektron manziliga yuborilishi kerak.
Taqdim etilgan mavzu va maqola konferensiya talablariga javob bermagan taqdirda, tashkiliy qo‘mita ularni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Anjuman ishtirokchilarining yashash va yo‘l xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.Materiallar mazmuni uchun faqat mualliflarning o‘zlari javobgardir. Taqdim etilayotgan materiallar avval boshqa nashrlarda chop etilmagan bo‘lishi lozim.
Konferensiya yakunida maqolalar to‘plami nashr etiladi. To‘plamning elektron shakli https://uzmmsi.uz saytida joylashtiriladi. Konferensiyaning barcha ishtirokchilari tashkiliy qo‘mita tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Konferensiya talablari:
Ma’ruza qilish, taqdimot va videomateriallarni namoyish etish vaqti: 15 daqiqa, muhokama 10 daqiqa ajratiladi;
Maqolalarni rasmiylashtirish uchun talablar:
- matnlar A4 formatda, Microsoft Word matn muharririda, Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,15 satr oralig‘ida rasmiylashtiriladi; yuqori va pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm;
- sahifa o‘rtasida birinchi qatorda maqola yoki tezis nomi bosh harflar bilan, ikkinchi qatorda esa muallifning ism-familiyasi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron pochta manzili ko‘rsatiladi (1-ilova);
- maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida qisqa annotatsiya hamda kalit (tayanch iboralar) so‘zlar beriladi;
- tahrir qilingan maqolalar tashkiliy qo‘mitaga elektron shaklda taqdim etiladi;
- maqolalarning hajmi 5-10 sahifa bo‘lishi lozim;
- maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati asosiy matndan so‘ng alifbo tartibida beriladi, barcha havolalar kvadrat qavsda ko‘rsatiladi [1];
- rasmlar, grafik chizmalar, nota misollari alohida faylda, rasm formatida taqdim etiladi: jpg, 300 dpi;
- annotatsiyadan so‘ng beriladigan kalit so‘zlar 10 tadan oshmasligi kerak;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida joylashtiriladi, matndagi havolalar esa kvadrat qavs ichida tartib raqami bilan ko‘rsatiladi: [5] yoki [5, 22-b.].
- talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan hamda belgilangan muddatdan keyin yuborilgan materiallar qabul qilinmaydi va chop etilmaydi;
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita komissiyasining qarori 2026-yil 5-iyunga qadar (2-ilova) ariza muallifiga ma’lum qilinadi. Mualliflar 3-ilovadagi shaklni to‘ldirishlari lozim.
Murojaat uchun:
Manzil: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Toshkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 31-uy.
Telefon raqamlari: +998(97) 770-86-63 +998(94) 644-55-50
Koordinatorlar: Azamat Nurmatov, Jur’atbek Sherimmatov.
Elektron pochta manzili: maqomconference@gmail.com