OTM KENGASHI
Tillar:
OTM KENGASHI
Yunus nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti Kengashi Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi hisoblanadi.
Kengash Nizom asosida 2020-yil 17-sentyabr sanasidan boshlab faoliyat yuritadi. Kengash oʻz faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegiallik va aʼzolarning fikrlarini uygʻunligi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.
KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI:
Kengash Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti faoliyatiga oid quyidagi yunalishlar boʻyicha ish olib boradi. Jumladan:
- taʼlim tizimining barcha sohalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali boʻlishini yoʻlga qoʻyish;
- shaxsning intellektual, madaniy va maʼnaviy-axloqiy ehtiyojlarini pedagogik taʼlim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik maʼlumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish; ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va Madaniyat vazirligi hamda Oliy taʼlim, Fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼati qarorlari va buyruqlarining bajarilishini tahlil qilib borish;
- lavozim (xizmat) vazifalarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish masalalarini muhokama qilib borish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha rejalarni tasdiqlaydi, bajarilishi boʻyicha hisobotlarni eshitish;
- maʼnaviy-maʼrifiy, oʻquv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rektor, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tasarrufidagi muassasalar rahbarlari, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlarining Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish;
- prorektorlar, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti fakultetlari, kafedra va boʻlimlar faoliyat tartibi va vakolatlarini koʻrib chiqish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli Qarori va “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq vakant lavozimlarga eʼlon berish va tanlovlarda nomzodlar xujjatlarini koʻrib chiqish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish;
- Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini muhokama qilish va oʻquv adabiyotlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tadbiq etish markaziga muvofiqlashtiruvchi Kengashga monografiyalarni nashrga tavsiya etish kabi masalalarni hal etadi.
- Kengash Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bogʻliq boʻlgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Axborot xizmatining huquqlari va majburiyatlari:
• Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
• XIzmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni universitetning boshqa boʻlinmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
• Institutning yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
• Institutning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatga koʻrib chiqishi uchun kiritish;
• Shuningdek, oʻziga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
• Institut faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini taʼminlash uchun javob beradi.