DOKTORANTURA MA'LUMOTLARI
Tillar:
DOKTORANTURA MA'LUMOTLARI
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi:
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, doktoranturaga esa suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi;
Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Ariza;
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma;
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 2021-2024-yillar mobaynida jami 10 nafar ilmiy izlanuvchilar qabul qilingan. 2024-yil holatiga ko‘ra, 2 nafar tayanch doktorantlar, va 8 nafar mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqda.
Shundan:
Institut rektorining 2023-yil 20- dekabrdagi 45-sonli Hamda 28-dekabrdagi 47-sonli buyru‘gi bilan tayanch doktoranturaga – 2 nafar tadqiqotchilar qabul qilingan.
2022-yilda 2 nafar, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan;
2023-yilda 1 nafar, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan;
2024-yilda 5 nafar, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan;
Izlanuvchilarning yakka tartibdagi ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizom”ning 6-bob talablari asosida shakllantirilgan.
Bugungi kunda milliy musiqa san’atining bir yo‘nalishi bo‘lgan mumtoz musiqa, maqom ijrochiligi, katta ashulla, baxshichilik va dostonchilik bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda hofiz va sozandalar, baxshi va oqinlarning ijodiy merosini ilmiy tomondan chuqur o‘rganish va tizimlashtirish bo‘yicha himoyaga tayyorlangan dissertatsiya ishlari himoyalarini tashkil etish maqsadida Oliy Attestatsiya komissiyasini 2024 yil 27 sentabrdagi Rayosat yig‘ilishi qarori bilan institut huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.08/27.09.2024.san/183/01-sonli ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.