"Maqom" ilmiy-uslubiy jurnali
Ilmiy-uslubiy, axborot-reklama, maqom san’ati tarixi, nazariyasi va amaliyoti bilan bog‘liq mavzularni yoritishga ixtisoslashgan.
“Maqom” ilmiy-uslubiy jurnali adadi 250, Bichimi 60x84 1/8, hajmi 100 bet.
Ilmiy-uslubiy, axborot-reklama, maqom san’ati tarixi, nazariyasi va amaliyoti bilan bog‘liq mavzularni yoritishga ixtisoslashgan. “Maqom” ilmiy-uslubiy jurnali adadi 250, Bichimi 60x84 1/8, hajmi 100 bet.
“Maqom” ilmiy-uslubiy jurnali jurnalxonlar musiqiy intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi milliy va xalqaro tajribalarni yoritish va ommalashtirish, Respublika va Sharq maqomot san’ati tarixidagi muhim voqealarni targ‘ib etish, yosh avlodni mumtoz san’at vositasida qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, tarbiyaviy ahamiyatga ega maqolalarni chop etishni tashkillashtirish, maqom san’atida tarannum etilgan umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy asosda targ‘ib etish, maqom san’ati bo ‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan olimlarning maqolalarini e’lon qilish, ularning hayoti va faoliyati haqida maqolalar chop etish hisoblanadi.
“Maqom” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati muassisi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tashkil etilgan. Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.