Tillar:

Ko'rinish:











FORUM

Image

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi” doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

- Tadbirda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, musiqashunos, folklorshunos, madaniyatshunos olimlar bilan birgalikda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlar ham ishtirok etdi. 

- Forumni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar” to‘g‘risida taqdimot qildi.   

>> Nufuzli anjumanda xalqaro tashkilotlar – TURKSOY Bosh kotibi, Turkiy Parlament Assambleyasi Bosh kotibi, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, shuningdek, madaniyat xodimlari, taniqli yozuvchilar, universitet rektorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Shu o'rinda O‘zMMSI rektori v.v.b Eldor Shermanov ham forumda bevosita qatnashib, “O‘zbekistonda madaniy ta’lim sohasidagi islohotlar” mavzusida nutq so‘zladi.

– San’at mo‘jizadir. Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat san’at vositasidagina kirish mumkin. Inson qalbini, uning dard-u tashvishlarini, xalqning orzu-intilishlarini, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini betakror so‘z, ohang va ranglarda tarannum etishni o‘z hayotining ma’no mazmuni deb biladigan ijod ahlining mehnati naqadar mashaqqatli, mas’uliyatli va sharafli ekanligi barchamizga ma’lum, – dedi Eldor Uralovich. 



Rektorimiz milliy madaniyatni rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini inovasion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.  






BIZNI KUZATING