Tillar:

Ko'rinish:











YANGI NASHRLAR


Bugun O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida 2019–2023-yillarda bastakorlar, kompozitorlar orasida o‘tkazilgan “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yo‘nalishdagi eng yaxshi asar” Respublika tanlovlaridan saralangan musiqiy asarlar nota to‘plamlarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Maqomlar nashidasi" va "Maqomlar fantaziyasi" deb nomlangan ushbu ikki nota to‘plamlari maqom ijodkorligining qayta uyg‘onishi uchun turtki vazifasini bajarsa ne ajab.


K.Saidov tomonidan N.Xaydarova muharrirligida Brayl alifbosida tayyorlangan ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) talabalarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma maqom asoslari hamda maqomlardan foydalaniladigan fanlarda ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan usullar bayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, ko‘zi ojiz musiqachilar va ular bilan ishlovchi professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada Shashmaqomdagi barcha usullar tartib bilan keltiriladi. Shuningdek, "Shashmaqom" ilovasida keltirilgan asarlarning usullari ham qo‘llanmadan o‘rin olgani albatta quvonarli.

Yangi nashr bilan mualliflarni, institutimiz professor-o‘qituvchilari va ba'zi talabalarini samimiy qutlayman. Bunday nashrlar bardavom bo‘lsin...







BIZNI KUZATING