Tillar:

Ko'rinish:











MISSIYA


  • Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

Madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;

Maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

Milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarida o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, atoqli bastakorlar, hofiz va sozandalar, baxshi va oqinlarning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va qayta tiklash, shuningdek, mumtoz musiqa san’ati namunalarini notaga ko‘chirish;

Milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

O‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida madaniyat muassasalari va badiiy jamoalar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarining ijodiy, ilmiy-metodik va ijro an’analarini puxta o‘zlashtirish maqsadida madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalari tegishli o‘quv dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, ta’lim muassasalariga taniqli san’atkorlarni biriktirish va shu asosda «ustoz-shogird» an’analarini keng joriy etish;

Respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa va san’at kollejlarida ta’lim olayotgan, turli ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarning seleksiyasini amalga oshirish va ularni Institutga o‘qishga jalb etish tizimini ishlab chiqish;

Maqom va baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar, «Xalqaro maqom festivali» va «Xalqaro baxshichilik san’ati festivali» doirasida tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovlarda iste’dodli yoshlarning seleksiyasini amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy etish, xususan, yoshlarni musiqa va san’atga keng jalb qilish, ularda estetik did va kasb odob-axloqini tarbiyalash maqsadida madaniyat, musiqa va san’at yo‘nalishida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, ansambllar va to‘garaklar tashkil etish.




BIZNI KUZATING