Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-sonli farmoniga muvofiq tashkil tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tarkibida faoliyatini boshlagan.
Kafedra tarkibi 15 nafar malakali professor-o‘qituvchi va 8 nafar jo‘rnavozlardan iborat bo‘lib, professor-o‘qituvchilarning 2 nafari professor, 2 nafari dotsent, 2 nafari dotsent v.b., 3 nafari katta o‘qituvchi va 6 nafari o‘qituvchi lavozimida shuningdek, jo‘rnavozlarning 2 nafari yetakchi jo‘rnavoz va 6 nafari jo‘rnavoz lavozimida faoliyat yuritadilar. Kafedra bakalavriat bosqichining 60112400-Professional ta’lim: 60211400-Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik, 60112400-Professional ta’lim: 60211500-Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular, 60111300- Musiqa ta’limi hamda 60211700- Xalq ijodiyoti: an’anaviy xonandalik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida mutaxassislar tayyorlaydi. Shulardan, hozirgi kunda kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida 79 nafar va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 94 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ta’lim jarayoni zamonaviy Kredit-modul hamda HEMIS axborot ta’lim tizimi asosida tashkil etilgan. O‘quv rejalar va fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish asosida shuningdek, buyurtmachilarning talablarini inobatga olgan holda yaratilgan. Jumladan, Professional ta’lim: an’anaviy xonandalik va cholg‘u ijrochiligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ixtisoslik, ansambl fanlari bilan bir qatorda o‘zi tanlagan qo‘shimcha cholg‘u sozini ham o‘rganish imkoniyati mavjud.
Talabalar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat bosqichini tugatganlaridan so‘ng diplom ilovasiga Davlat Attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan 60112400-Professional ta’lim: 60211400-Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisiga “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida vokal san’ati (turlari bo‘yicha) fanlari o‘qituvchisi (shuningdek, “Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish” fanini o‘zlashtirgan bitiruvchiga o‘rgangan cholg‘usining nomi qavs ichida ko‘rsatiladi) kasbiy ixtisoslashuv malakasi yozib beriladi.
Ijrochilikda iste’dodi alohida e’tirof etilgan bitiruvchi yakka xonanda, maqom ansambl xonandasi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.
60112400-Professional ta’lim: 60211500-Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisiga “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) fanlari o‘qituvchisi kasbiy ixtisoslashuv malakasi yozib beriladi.
Ijrochilikda iste’dodi alohida e’tirof etilgan bitiruvchi ansambl sozandasi, jo‘rnavoz sifatida faoliyat olib borish hamda cholg‘u ijrochiligi turlarining oiladosh cholg‘ulardan kasbiy va pedagogik faoliyat yuritishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatlarini yanada rivojlantirish borasida kafedra tomonidan muntazam ravishda seminarlar, konferensiyalar, tanlovlar, musiqiy kechalar, konsertlar va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi hamda ularni telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunda tahsil olayotgan talabalar orasida “Shuhrat” medali, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti hamda nomdor stipendiyalar sohiblari ham mavjud.
Kafedra qo‘shni davlatlar jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat pedagogika universiteti, Ozarbayjon Mug‘om markazi, Turkiyaning Ota Turk universiteti bilan memorandum asosida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.