Asosiy kontentga o'tish

Tillar, ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi  2020 yil 2-sentabrdagi 536-son  qarori asosida yangi  institut ish faoliyatini boshladi.

   Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib madaniyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Shu munosabat bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti qoshida 2020 yil 3-sentabrdan “O’zbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil topgan.

2024-2025  o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 6,75 stavkani tashkil etadi

- dotsent – 4 nafar (1 nafar ayol 3 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 2 nafar (1 nafar ayol, 1 nafar erkak);

- o‘qituvchilar –7 nafar (4 nafar erkak, 3 nafar ayol).

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 45 yoshni tashkil qiladi.

Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 50%ni tashkil etadi.

   Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ta’limiy va trabiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ular tomonidan auditoriyadan tashqari vaqtlarda fan to’garaklari tashkil etilgan. Institutimizning iqtidorli talabalari ushbu fan to‘garaklarida xorijiy tillarni mustahkam o‘rganib borishmoqda. Bundan tashqari kafedrada o‘qituvchilar tomonidan  ilmiy-uslubiy ishlar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy maqolalar nashr ettirish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Kafedrada Respublikamizdagi Xorijiy tillar bo‘yicha nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3151-sonli  Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha”        PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi, Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘zaro anglash, musiqa san’ati, musiqashunoslik va musiqa ta’limi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Osh davlat pedagogika universiteti bilan innovatsion hamkorlik sharnomalari imzolangan hamda aloqalar o‘rnatilgan.

   Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda.

  “Tillar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kafedra istiqbolini belgilovchi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi. 2024-2025 yillarda “Ta’lim sifatini oshirishda fanlararo aloqadorlik” mavzusi kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi etib belgilangan.  Bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida bajariladigan ilmiy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’milash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ3775-sonli qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabr “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashni ham nazarda tutadi.

   Kafedra bosh mavzusidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot doirasida olib borayotgan izlanishlarini ommalashtirish va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozaralarni yuzaga chiqarish maqsadida ilmiy-nazariy seminarlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.

   Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilgan:

  • kafedraning tasdiqlangan kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
  • ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanma, monografiyalar tayyorlash va chop etish;
  • kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish;
  • turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish;
  • ilmiy-nazariy, amaliy anjuman, seminarlarda ishtirok etish;

-  talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy  tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

  - institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisligiga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.

“TILLAR, IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT” KAFEDRASINING “LEARN ENGLISH” NOMLI TO‘GARAK FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

To‘garakning maqsadi:

  • Talabalarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
  • O‘qish, yozish, eshitish va gapirish bo‘yicha qobiliyatlarini yaxshilash.
  • Til o‘rganish jarayonida amaliy mashqlar orqali innovatsion yondashuvni joriy etish.

To‘garakning vazifalari:

  • Grammatik qoidalarni amaliyotga tadbiq etish.
  • Talabalarni xalqaro imtihonlar (IELTS, TOEFL)ga tayyorlash.
  • Ingliz tili orqali madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish.
  • Darslardan tashqari tillarni rivojlantirish bo‘yicha o‘yinlar va mashg‘ulotlar tashkil etish.
  • Qiziqarli mavzular bo‘yicha ingliz tilida munozaralar uyushtirish.

2025-2026 O‘QUV YILIDA O‘QITILADIGAN FANLAR RO‘YXATI(BAKALAVRIAT)

  1. Fors tili
  2. Xorijiy til
  3. O‘zbek mumtoz she’riyati asoslari
  4. O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi
  5. Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi
  6. Falsafa
  7. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  8. Dinshunoslik
  9. Menejment asoslari (Art menejment)
  10. Xorijiy sharq tillari (Fors tili)
  11. Pedagogika. Psixologiya
  12. Kasbiy pedagogika
  13. Musiqiy pedagogika va psixologiya
  14. Jismoniy madaniyat va sport
  15. Falsafa
  16. Iqtisodiyot nazariyasi
  17. Amaliy matematika
  18. Rus tili
  19. Biznesga kirish
  20. Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik
  21. Mikroiqtisodiyot
  22. Umumiy psixologiya
  23. O‘zbek adabiyoti
  24. Fizika va elektronika asoslari

MAGISTRATURA:

  1. Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  2. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
  3. Boshqaruv sotsiologiyasi
  4. Kreativ iqtisod
  5. Madaniy dam olishni tashkil etishning ilmiy asoslari
  6. Ijodiy muassasalar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish
  7. Ommaviy tadbirlarni tashkil etish ( tanlov fan)
O‘ZMMSI O‘ZMMSI