Asosiy kontentga o'tish

Talabalar amaliyoti bo‘limi

Bo‘lim haqida

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti Talabalar amaliyoti bo‘limi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash hamda amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritadi.

Bo‘lim institut talabalarining pedagogik, ijodiy, konsert-ijrochilik, malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, amaliyot bazalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda talabalarning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ish olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

- talabalar amaliyotini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- amaliyot o‘tash joylari bilan shartnoma va hamkorlik ishlarini olib borish;
- amaliyot jarayonlarini monitoring qilish;
- talabalarning amaliyot hujjatlarini yuritish va nazorat qilish;
- amaliyot natijalarini tahlil etish;
- ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash;
- talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

Bo‘limning maqsadi

Institut talabalarini raqobatbardosh, yuqori malakali va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassis sifatida tayyorlash, ularning kelgusi mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.


Bo‘lim faoliyati

Bo‘lim tomonidan talabalar uchun madaniyat va san’at muassasalari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari, teatrlar, konsert tashkilotlari hamda ijodiy markazlarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari yaratiladi.

Talabalar amaliyoti jarayonida ularning mustaqil faoliyati, ijodiy yondashuvi va kasbiy malakasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘ZMMSI O‘ZMMSI