Asosiy kontentga o'tish

RESPUBLIKA

YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI INSTITUTIDA 2024-YILDA O‘TKAZILGAN RESPUBLIKA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI TO‘PLAMI

“O‘zbek milliy musiqa san’atining yangi tendensiyalari” Respublika yosh olimlar, tadqiqotchi
va magistrlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-son buyrug‘i va ushbu buyruq bilan tasdiqlangan “2025-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasi”ning 495/11 bandiga muvofiq, 2025-yil 18-iyun kuni o‘tkazilgan “O‘zbek milliy musiqa san’atining yangi tendensiyalari” mavzusidagi Respublika yosh olimlar, tadqiqotchi va magistrlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanning maqsad va vazifalari shundan iboratki, o‘zbek milliy musiqa san’atining ilmiy yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zbek milliy musiqa merosi, an’anaviy maqom san’ati tarixi, istiqbollari va uni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish, o‘zbek milliy musiqa san’atining sehri, qalblarga xush yoquvchi tarovati, yoshlar ma’naviyatiga ijobiy ta’siri omillarini tahlil etish, shuningdek respublikamizda o‘zbek milliy musiqa san’ati bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish hamda yosh olim, magistrant, doktorant va mutaxassilarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish hisoblanib, ushbu tadbirda respublika yosh tadqiqotchilarning tajribalarini o‘rganish, muhokama etish va tavsiyalar yaratish hamda muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha xulosa hamda takliflar tayyorlashdan iborat.

                    “Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan “2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘i va ushbu buyruq bilan tasdiqlangan 2024-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasi 26/9 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 28-mart kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Organ zalida “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilib “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash” yiliga bag‘ishlangan “Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

 Ushbu anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad, yosh iqtidorli talabalarni ilm-fanga keng jalb etish, maqom san’atining ilmiy-nazariy masalalari hamda azaliy ijro an’analarini tadqiq etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat va maqom ohanglari ruhida tarbiyalash borasidagi masalalarni o‘rganish konferensiya mavzularining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

O‘ZMMSI O‘ZMMSI