Bo‘lim faoliyati haqida
Reja-moliya boʻlimi instituting tuzilmaviy boʻlinmasi hisoblanadi. Boʻlim vazifalariga istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish, institut boʻlinmalariga sarf-xarajatlarini prognozlash, turli manbalardan institutni moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari faoliyat, ilmiy-tadqiqot ishlardan daromadlar va b.). Boʻlim faoliyatning barcha turlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar roʻyxatini tuzish, OTM moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish, istiqbolli loyihalar va talabalarni qabul qilish yillik rejalarini tuzish bilan shugʻullanadi. Stipendiyalarni tayinlash tartibini nazorat qiladi, stipendiya taʼminoti va ichki tartib qoidalari, OTM Nizomini ishlab chiqishda qatnashadi. Bo’limda ishlovchi xodimlar soni 3 kishidan iborat bo’lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
- Bo’lim boshlig’i;
- I Toifali iqtisodchi
- I Toifali iqtisodchi
Boʻlimning asosiy funksiyalari:
• Shtat jadvalini tuzish va nazorat qilish.
• Daromadlar va xarajatlar prognozini ishlab chiqish, xarajatlari va daromadlar smetalarini tuzish va nazorat qilish.
• Boʻlinmalarni moliyalashtirish limitlarini hisoblab chiqish.
• Institut faoliyatining barcha turlarini kompleks tarzda iqtisodiy tahlilini oʻtkazish.
• Institut faoliyati koʻrsatkichlari boʻyicha statistik hisobini olib borish, belgilangan muddatda hisobotlar tayyorlash hamda statistik materiallar tizimlashtirish.
• Oʻz vakolat doirasida yoʻriqnomalar va metodik materiallarini tayyorlaydi.
• Buxgalteriya bilan birgalikda ishlab chiqarish-xoʻajik faoliyati natijalarini hisoblash va tahlil qilish boʻyicha ishlarin metodik rahbarlik va tashkil qilishni amalga oshirish, hisob-kitob hujjatlarni ishlab chiqish.
• Yangi oʻquv yiliga professor-oʻqituvchilar, oʻquv-yordamchi xodimlar, xoʻjalik va maʼmuriy-boshqaruv personalining mehnat haqi boʻyicha meʼyoriy bazani tuzish.
• Mehyoriy bazani oʻzgarishini hosibga olgan holda shtat jadvalini toʻgʻrilash.
• Moliyalashtirish manbalarini hisobga olish.
• Byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish boʻyicha xarajatlar va daromatlar smetalarini tuzish.
• Institutning byudjet moliyalashtirish boʻyicha limitlarni Madaniyat Vazriligi va Moliya Vazirligi tomonidan tasdqilangandan soʻng xarajatlar va daromadlar smetasini toʻgʻrilash.
• Ishchilar toifalari va boʻlinmalari boʻyicha byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish boʻyicha mehnat haqi mablagʻlari ajratilishini nazorat qilish.
• Choraklar boʻyicha mehnat haqini toʻlash fondi va xarajatlar smetalarini tahlil qilish.
• Institutga xodimlar toifalari, mehnat haqini toʻlash, xarajatlar va daromadlar smetalari hamda statistik maʼlumotlar boʻyicha talab qilingan maʼlumotlarni taqdim qilish.
Reja-moliya bo’limi xodimlarining huquq va majburiyatlari
• Reja-moliya bo’limini rektor tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo’limdagi barcha xodimlar bo’ysinadi;
• Reja-moliya masalalari bo’yicha ko’rsatmalar va topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish;
• Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari sarflanishini nazorat qilish;
• Reja-moliya masalalari bo’yicha yozishmalar olib borish;
• Mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish va boshqalardan iborat.