Asosiy kontentga o'tish

REGISTRATOR OFISI

REGISTRATOR OFISI

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining “Registrator ofisi” (keyingi oʻrinlarda – Ofis deb yuritiladi) talabalarga akademik (transkript) va boshqa turdagi ma’lumotnomalarni, turli xil buyruqlardan ko‘chirmalar, institut va fakultetlar haqidagi, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari haqidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish, talabalarga diplom (dublikat) chop qilib berish jarayoni bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish, axborot tizimlariga talabalarni ro‘yxatga qo‘yish, elektron diplomlarni tasdiqlash, talabalarga maslahatlar va savollarga javoblar berish va shuningdek, talabalarga turli xildagi boshqa xizmatlarni koʻrsatish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

Ofis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining va Madaniyat vazirining buyruqlari, institut Nizomi, Kengashi qarorlari, institut rektorining buyruqlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Registrator ofisi Nizomiga muvofiq olib boradi.

Ofis faoliyatiga institut rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ofis direktori rahbarlik qiladi.

Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:

·        guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;

·        joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;

·        sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;

·        akademik maʼlumotnoma va transkript berish;

·        imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;

·        oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;

·        Institutga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;

·        Institutning magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;

·        talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;

·        talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;

·        talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;

·        talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;

·        oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;

·        ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;

·        Institutda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;

·        qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;

·        qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;

·        akademik qarzdor talabalarni aniqlash;

·        talabalar turar joylariga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;

·        talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash;

·         ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berish.

Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:

·        grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;

·        ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;

·        innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;

·        talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;

·        ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;

·        “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;

·        Institut tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;

·         talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.

Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:

·        oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;

·        turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;

·        oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;

·        xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;

·        xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;

·        xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;

·        xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;

·        xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;

·         xorijlik talabalarga institutdagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish.

Marketing va buxgalteriya boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori:

·        ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni kiritish va olish;

·        toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish;

·        akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash;

·        talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;

·        bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish;

·         potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish.

Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori:

·        dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;

·        talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishga ko‘maklashish;

·        topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;

·       bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;

·         “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish;

Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori:

·        akademik guruhlarni shakllantirish;

·        talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);

·        talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;

·        talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;

·        tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;

·        oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;

·        qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;

·        talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;

·        talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;

·        talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;

·        oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;

·         “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish.

Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori:

·        Institutni tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;

·        familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;

·        oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;

·        bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.

O‘ZMMSI O‘ZMMSI