O‘zbek milliy musiqa san’ati fakulteti 2020-yil 2-sentabrdagi “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-sonli qarori bilan institut faoliyati boshlangan vaqtda tashkil etilgan.
Fakultet - O‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha ijrochilar, o‘zbek milliy bastakorligi bo‘yicha bo‘lajak bastakor kadrlar tayyorlashni hamda baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy salohiyatni yuksaltirish ishlari shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati o‘zbek milliy musiqa san’ati shuningdek, milliy maqom ijrochiligi bo‘yicha ta’lim berish hamda uni rivojlantirish bilan birga, o‘zbek milliy musiqa merosi durdona asarlarini Vatanimizda va xorijda targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.
O‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, milliy maqom ijrochiligini keng targ‘ib etish va talaba yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash fakultetning ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Hozirgi kunda fakultet tarkibida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi 4 - kafedralar faoliyat olib bormoqda.
Fakultetda:
- Maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi
- O‘zbek maqom tarixi va nazariyasi kafedrasi
- Doston ijrochiligi kafedrasi
- Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano kafedrasi
Ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilar:
ILMIY DARAJA
| PhD | 10 nafar |
| Fan doktori DSc | 1 nafar |
ILMIY UNVON
| Professor | 11 nafar |
| Dotsent | 9 nafar |
| Katta ilmiy xodimc | 5 nafar |
Fakultetda hozirgi kunda Jami 334 nafar talabalar tahsil olmoqda:
| 1-kursda | 100 nafar |
| 2-kursda | 79 nafar |
| 3-kursda | 84 nafar |
| 4-kursda | 71 nafar |