Masofaviy ta’limni tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi
559-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”i hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 7-oktabrdagi 324-son buyrug‘i asosida talabalar qabuli va ta’lim jarayoni asosida tashkil etiladi. Yuqoridagi hujjatlar asosida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirish markazi” (keyingi o‘rinlarda - Markaz deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish Nizomi asosida faoliyat yuritadi.
O‘qish muddati: 4 yil.
Talabalar kontingenti:
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa va san’at institutiga 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, “6010100-Turizm va mehmondo‘stlik” va “60410800 Menejment” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakliga talabalar qabul qilingan.
- 6010100 – Turizm va mehmondo‘stlik -36 nafar;
- 60410800 – Menejment -33 nafar;
Jami: 1-kursda 69 nafar talaba tahsil oladi.
Institutda o‘quv jarayonini tashkil etish
O‘quv jarayoni masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot “Learning Management System” (LGM) hamda Xemis platformalardan foydalangan holda tashkil etiladi. Platformaga institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv reja va dasturlardagi barcha fanlardan masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan, o‘quv kontentini qamrab oladigan elektron o‘quv-metodik majmualar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi, hamda fanlardan videordarslar, test sinovlari, topshiriq va vazifalar joylashtiriladi. Shuningdek, mazkur platforma orqali talabalar faolligini doimiy nazoratga olinadi.