Asosiy kontentga o'tish

MAGISTRATURA BO‘LIMI

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti MAGISTRATURA BO‘LIMI

Magistratura bo‘limini tashkil etish

Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risida”gi 36-son qarori bilan tasdiqlangan NIZOM” asosida tashkil etilgan.

Mutuxassisliklar:

1-kurs

70210901 - Bastakorlik san’ati;

70211002 - Musiqa san’ati;

70211401 - Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik;

70211502- Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular;

70211701 - Xalq ijodiyoti: baxshi va doston ijrochiligi;

70211801 - Madaniyat va san’at sohasi menejmenti.

2-kurs

70211002 - Musiqa san’ati ta’lim yo‘nalishida;

70211401 - Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik;

70211502- Cholg‘u ijrochiligi: an'anaviy cholg‘ular.        

Institutda o‘quv jarayonini tashkil etish

O‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Davlat ta’lim standartlar (DTS), Malaka talablari, Vazirlar Mahkamasi “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining me’yoriy hujjatlari asosida tashkil etiladi.

70210901 Bastakorlik san’ati (kunduzgi)  magistratura mutaxassisligi fan, ta’lim va san’at sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, bastakorlik san’ati sohasida yuksak badiiy saviyadagi salohiyatli, milliy bastakorlik san’ati bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradigan hamda uni jahon miqyosida keng targ‘ib qiladigan, san’at va madaniyat muassasalarida, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida, davlat korxona va tashkilotlarida, ta’lim muassasalarida, turli fondlar va loyihalarda hamda turli mulkchilik shaklidagi san’atga oid ishlar bilan bog‘liq tashkiliy-ijodiy-iqtisodiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, san’at ta’lim sohasining tegishli yoʻnalishlari bilan bog‘liq kompleks masalalari mazmunini qamrab oladi.

***

70211002 - Musiqa san’ati (kunduzgi)  magistratura mutaxassisligi musiqashunoslik, sohasida yuksak badiiy saviyadagi salohiyatli, musiqa san’ati, muayyan davr, shuningdek, yirik kompozitorlar asarlari tuzilish qoidalarini, musiqa tili va kompozitsiya xususiyatlarini ilmiy tadqiq qiladigan, yuqori salohiyatga ega, shuningdek, san’at sohasining tegishli yo‘nalishlari bilan bog‘liq kompleks masalalari mazmunini qamrab oladi.

***

70211401 - Vokal san’ati: An’anaviy xonandalik (kunduzgi) magistratura mutaxassisligi o‘zbek maqomlarиni asarlar va maqomlarni yuksak badiiy saviyada ijro etadigan salohiyatli, ilmiy tadqiqot ishlarida maqom san’atini jahon miqyosida keng targ‘ib qiladigan, shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida, davlat korxona va tashkilotlarida, ta’lim va san’at sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, san’at va madaniyat mussasalarida pedagogik faoliyat yuritadigan, san’at sohasining tegishli yo‘nalishlari bilan bog‘liq kompleks masalalari mazmunini qamrab oladi.

***

70211502 - Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular (kunduzgi)  magistratura mutaxassisligi o‘zbek maqomlarиni yuksak badiiy saviyada ijro etadigan salohiyatli, milliy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradigan hamda uni jahon miqyosida keng targ‘ib qiladigan, shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida, davlat korxona va tashkilotlarida, ta’lim va san’at sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, san’at va madaniyat mussasalarida pedagogik faoliyat yuritadigan, san’at sohasining tegishli yo‘nalishlari bilan bog‘liq kompleks masalalari mazmunini qamrab oladi.

***

70211701 – Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik) (kunduzgi)  magistratura mutaxassisligi o‘zbek baxshichilik va dostonchilik san’ati ijrochiligida salohiyatli, ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradigan hamda uni jahon miqyosida keng targ‘ib qiladigan,  fan, ta’lim va san’at sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, san’at va madaniyat muassasalarida, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida, davlat korxona va tashkilotlarida, ta’lim muassasalarida, turli fondlar va loyihalarda hamda turli mulkchilik shaklidagi xalq ijodiyoti, baxshi va doston ijrochiligiga oid ishlar bilan bog‘liq tashkiliy-ijodiy-iqtisodiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, san’at ta’lim sohasining tegishli yo‘nalishlari bilan bog‘liq kompleks masalalarni qamrab oladi.

***

70410801 - Menejment (kunduzgi)  magistratura mutaxassisligi “Biznes, boshqaruv va huquq" ta'lim sohasiga oid yo'nalish bo'lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari, moliya, kredit va sug'urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, san’at va madaniyat tashkilotlari hamda ta'lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish - iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o'z ichiga oladi, tarmoqlar va xo‘jaliklarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublari bilan bog'liq masalalar majmuasini qamrab oladi.

 BO‘LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI

1. O‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish: Magistratura ta'limining zamonaviy talablarga mos kelishi va sifatli bo‘lishi uchun o‘quv rejalari va dasturlarni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish va yangilash. Bu yerda ilmiy yutuqlar, sanoatning talablari va xalqaro standartlar hisobga olinadi.

2. Ta'lim sifatini nazorat qilish va baholash: Ta'lim jarayonining sifatini muntazam ravishda baholash va kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali talabalar bilim olishlarini ta'minlash. Bu auditoriya darslari, amaliyotlar, ilmiy tadqiqotlar va yakuniy imtihonlarni o‘z ichiga oladi.

3. Talabalarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish: Talabalarning ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinishini ta'minlash, ularga ilmiy maslahat berish va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish. Bu ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam beradi.

4. Talabalarning ilmiy-amaliy ishlarini yo‘naltirish va nazorat qilish: Magistrlik dissertatsiyalarini yozish jarayonini nazorat qilish, ularga uslubiy yordam ko‘rsatish va ilmiy rahbarlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish.

5. Talabalarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish: Belgilangan tartibda magistraturaga talabalarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tashkil etish.

6. Ta'lim jarayonini monitoring qilish va baholash: Ta'lim sifatini nazorat qilish, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berish. Talabalar bilim darajasini baholash va ularga kerakli yordam ko‘rsatish.

7. Ilmiy rahbarlarni tayinlash va ular bilan ishlash: Talabalarga malakali ilmiy rahbarlarni tayinlash va ularning ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash.

8. Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish: Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun grantlar va boshqa mablag‘larni jalb qilish.

9. Ilmiy seminarlar va konferentsiyalarni tashkil etish: Talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy natijalarini taqdim etish va muhokama qilish uchun platformalar yaratish.

10. lmiy nashrlarni qo‘llab-quvvatlash: Talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy maqolalarini nashr etishni qo‘llab-quvvatlash.

BO‘LIMNING HUQUQLARI

• Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari ham ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qilish,

• Dekanlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashish.

• Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;

• Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;

• Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.

            Bo‘lim boshlig‘i - Сhinikulov  Nurmurot Djumamurotovich (filologiya fanlari nomzodi, dotsent)

           Bo‘lim uslubchisi – Davronova Aziza Faxriddin qizi

O‘ZMMSI O‘ZMMSI