- Institut iqtidorli talabalarini xalqaro, respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan tanlovlarda munosib ishtirokini ta‘minlash;
- Har yili o‘tkaziladigan talabalarning xalqaro va respublika ko‘rik-tanlovlarida institut iqtidorli talabalarining faol ishtirok etishlarini ta‘minlash;
- Institut iqtidorli talabalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalar yaratish borasidagi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
-Iqtidorli talabalarning xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish;
-Iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda chop etiladigan nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari bilan qatnashishlarini qo‘llab-quvvatlash;
-Iqtidorli talabalarning samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
-Institutda iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish va bunda eng yaxshi ilmiy ish mualliflarini moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi va O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya hamda Davlat mukofotlari tanlovlarida institut iqtidorli talabalarining munosib ishtirok etish choralarini ko‘rish.