ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirishda mavjud institut salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat. Bundan tashqari, bo’‘im moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagilarni bajaradi:
- bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi;
- o‘z faoliyatiga oid yillik ish rejasini ishlab chiqadi va ijrosi bo‘yicha hisobotlar shakllantiradi;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini tasdiqlangan dasturlar asosida o‘z vaqtida, sifatli, samarali qilib bajarilishini ta’minlaydi;
- ilmiy-tadqiqot ishlarining hisobotini va ularning natijalarini xalq xo‘jaligiga joriy qilinishini, hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilishini xisobga olib, nazorat qiladi;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini axborotlar bilan ta’minlaydi;
- ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash, bu mablag‘larni maqsadli samarali sarflanishini nazorat qiladi;
- mustaqil tadqiqotchi, tayanch doktorantura faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- yuqori tashkilotlardan kelgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydi;
- ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va sifatini oshirish, fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash yo‘lida qonun doirasida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilgan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining tuzilmasi
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi: bo‘lim boshlig‘i hamda ilmiy-tadqiqot ishlari muxandisidan iborat.
Bo‘limga umumiy rahbarlik nizom asosida bo‘lim boshlig‘i tomonidan olib boriladi. Bo‘lim boshlig‘i institut rektori tomonidan tayinlanadi va bo‘shatiladi.
Bo‘lim ish faoliyati institut Kengashi, rektor oldi yig‘ilishlarda muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Bo‘lim xodimlarining tarkibi va soni amalda tasdiqlangan shtat jadvallariga muvofiq shakllantiriladi.
Bo‘lim xodimlarini ishga olish, bevosita bo‘lim boshlig‘ining tavsiyasiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.