Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Botirova Nilufar Axad qizining “Buxoro Shashmaqomi va Kashmir So‘fiyona kalomi: tarix, nazariya va amaliyot” mavzusida hamda Rasulov Ma'rufjon Ma’mirjon o‘g‘lining “O‘zbek Maqomoti usullar tizimi: muayyan usul va turkumiylik kesimida” mavzusidagi 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligidan san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoya oldi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir qator profesorlari, soha mutaxassilaridan tashkil topgan ilmiy seminar a’zolari ofline hamda zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchilar tomonidan dissertatsiya mavzusining qisqacha mazmuni, mavzuning ilmiy yangiligi va dolzarbligi, mavzuning o‘rganilganlik darajasi hamda belgilangan maqsad va vazifalar haqida o‘qib eshittirildi. Jarayonda taqrizchilar tadqiqot haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
San’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutining ilmiy daraja beruvchi PhD.08/27.09.2024.san.183.01 raqamli ilmiy kengashiga himoya uchun tavsiya etildi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Sherimmatov Jur’atbek Shuxratovichning “Xorazm maqomlarida lad va shakl masalalari” (Rost maqomi misolida), Zufarov Abror Maxamad- Sodikovichning “O‘zbek maqomlarida parda tizimining shakllanishi:(Navo maqomi misolida)”, Pashazade Sahib Ag‘averdi o‘g‘lining “Tor uchun yozilgan asarlarda mug‘omdan foydalanish xususiyatlari” mavzusidagi 17.00.02- Musiqa san’ati ixtisosligidan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoya oldi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bir qator professor o‘qituvchilari, soxa mutaxassislaridan tashkil topgan ilmiy seminar a’zolari ofline hamda zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchilar tomonidan dissertatsiya mavzusining qisqacha mazmuni, mavzuning ilmiy yangiligi va dolzarbligi, mavzuning o‘rganilganlik darajasi hamda belgilangan maqsad va vazifalar haqida o‘qib eshittirildi. Jarayonda taqrizchilar tadqiqot haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
San’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutining ilmiy daraja beruvchi PhD.08/27.09.2024.san.183.01 raqamli ilmiy kengashiga himoya uchun tavsiya etildi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida O‘zbekiston xalq baxshisi Qahhor Rahimov ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarda O‘zMMSI rektori v.b. E.Shermanov, Filologiya fanlari doktori professor J.Eshonqulov, O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi Q.Rahimov, Respublika baxshichilik san’ati markazi direktori U.Norboyev hamda “Doston ijrochiligi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari, ijodkor talaba-yoshlari ishtirok etdi. Jarayonda professor-o‘qituvchilar tomonidan baxshichilik san’atiga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Shuningdek, Qoraqalpoq, Xorazm, Surxon baxshilaridan termalar talabalar tomonidan ijro etildi.
Hozirgi kunda ma’naviy va moddiy-madaniy merosni bir-biridan ajratmasdan yaxlit holda o‘rganish zaruriyati tug‘ildi. Ular bugungi hayotning tarkibiy qismiga aylanib, xalq madaniyati yodgorliklarni saqlash, muhofaza qilish, asrab-avaylash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bu yodgorliklar qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar umuminsoniyat boyligidir. Ular tarixiy, adabiy, badiiy, etnologik musiqiy xazinadir.
Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Temuriylar sulolasiga mansub bo‘lmish Boburiylar davridan bizgacha yetib kelgan ba’zi hujjatlarda o‘z aksini topgan tarixiy cholg‘u sozlaridan biri “Gʻijjaki Boburiy” cholg‘usini ilmiy o‘rganish, yoshlar o‘rtasida mazkur cholg‘u sozini ommalashtirish hamda ta’lim tizimiga tadbiq etish masalalariga bag‘ishlangan “Gʻijjaki Boburiy cholg‘usini ta’lim tizimiga tadbiq etish” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda musiqashunos, san’atshunos olimlar, soha vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorant va talabalar ishtirok etdi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Baxshichilik san’ati va To‘ra Mirzayevning ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarni O‘zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanov o‘z nutqi bilan ochib berdi.
Ilmiy-amaliy seminarda O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulov, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Shomirza Turdimov, O‘zMMSI professori v.b. filologiya fanlari nomzodi Oygul Axmedova, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Barno Mirzayeva, O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti filologiya fanlari doktori (DSc) Yo‘ldosh Raxmatov, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamilaxon Asqarova kabi bir qator professorlar akademik To‘ra Mirzayevning ilmiy merosi haqida maruza qildilar.
Shuningdek, seminar davomida o‘zining ko‘p yillik tajribasi, ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilik va pedagogik faoliyati bilan soha rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli folklorshunos olim O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti hamda “Do‘stlik” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori, akademik To‘ra Mirzayevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qo‘llanma jarayonda ishtirok etgan talaba-yoshlarga material sifatida taqdim etildi. Seminar yakunida ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchilarga institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirildi hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.