Asosiy kontentga o'tish

ILMIY DARAJA BERUVCHI KENGASH

Maqom va baxshichilik san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy merosimizni chuqur tadqiq etgan holda uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, an’analarni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarga munosib shart-sharoitlar yaratish va yosh iqtidorli tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2024-yil 27-sentabr №361-3 - sonli qaroriga muvofiq, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituta huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.08/27.09.2024.San.183.01 - sonli ilmiy kengash ochildi. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti huzuridagi PhD.08/27.09.2024.San.183.01 - raqamli ilmiy kengashga 17.00.02 – “Musiqa san’ati” ixtisosligi bo‘yicha dissertasiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi.

Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan: 
17.00.02 - "Musiqa san'ati"
Ilmiy kengash raisi: Abdullayev Rustambek Samigovich
Ilmiy kengash kotibi: Maxmudov A'zamjon Muxtarovich
Tel.: +998 97 883 06 06

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar:

17.00.02 - "Musiqa san'ati"
Ilmiy seminar raisi: Begmatov Soibjon Maxmudovich
Ilmiy seminar kotibi: Oripova Ra'no Ibrohimovna
Tel.: +998 99 513 01 71

O‘ZMMSI O‘ZMMSI