Asosiy kontentga o'tish

“Doston ijrochiligi” kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli, 2019-yil 14-maydagi “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4320-sonli qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda baxshichilik san’atini asrab-avaylash, dostonchilik maktablarining ijro usullarini ilmiy tadqiq etib, qayta tiklash, ularni yosh avlodga o‘rgatish, baxshichilik sohasida malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash “Doston ijrochiligi” kafedrasining maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni, 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassaslarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’milash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarori dasturamal manba bo‘lib xizmat qiladi.

Belgilangan vazifalardan kelib chiqib “Doston ijrochiligi” kafedrasi tomonidan bir qator vazifalar belgilab olindi. Jumladan,

- madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;

- baxshichilik san’ati bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

- o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, baxshi va oqinlarning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va qayta tiklash;

- milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

- o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida madaniyat muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy etish, xususan, yoshlarni musiqa va san’atga keng jalb qilish, ularda estetik did va kasb odob-axloqini tarbiyalash maqsadida madaniyat, musiqa va san’at yo‘nalishida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, ansambllar va to‘garaklar tashkil etish.

2024-2025 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 17.5 stavkani tashkil etadi. Ushbu shtatlarda jami 19 nafar pedagog ishlaydi, shundan 11.5 shtat asosiy, 6.0 shtat o‘rindosh..

- professor – 2 ta (2 nafar erkak);

- professor v.b – 1 ta (1 nafar ayol,);

- dotsent 3 ta (1 nafar ayol 2 nafar erkak PHD );

- katta o‘qituvchi – 3 nafar (3 nafar erkak);

- o‘qituvchilar – 9 nafar (8 nafar erkak, 1 nafar ayol);

- jo‘rnavozlar – 1 ta (1 nafar erkak)

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 45 yoshni tashkil qiladi.

“DOSTON IJROCHILIGI” KAFEDRASINING “CHOLG‘U IJROCHILIGI” NOMLI TO‘GARAK FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

To‘garakning maqsadi – yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyaini shakllantirishga ko‘mak berish, ularni turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirokini ta‘minlash hamda cholg‘u ijrochiligiga talaba yoshlarni bo‘lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish, musiqa olamini, go‘zallikni xis qilish, insoniy fazilatlarni tarkib toptirishdan iborat.

To‘garakning vazifalari - musiqa ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni jamlab, ularga do‘mbra va dutor chol‘usida o‘zlariga jo‘r bo‘lishni o‘rgatish, “Shashmaqom”, Toshkent-Farg‘ona maqomlari va Xorazm maqomlarini tahlil qilish, milliy musiqa me’rosimizdagi oltin fond (audio-video) yozuvlarini yig‘ish, atoqli ustozlar ijro yo‘llarini o’rganish va tahlil qilish, saviyasi, iqtidoriga mos asarlarni tanlab o‘rganishdan iborat.

To‘garak mashg‘ulot mavzulari

№ Mavzular mazmuni Mashg’ulotlar maqsadi
1. Tanlangan cholg‘u asbobi haqida ma’lumot Tanlangan cholg‘u asbobi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish
2. Do‘mbira cholg‘usiga xos kichik mashqlar ijro etish Do‘mbira xos shtrixlar ustida ishlash
3. Kichik xalq kuylaridan namunalar o‘rganish Do‘mbira kichik kuylarni ijro etishni o‘rganish
4. Kichik nag‘malarni tinglab xos shtrixlarni ishlash Kuylab dombira chalishni mashq qilish
5. Baxshichilikka oid cholg‘u kuylaridan asarlar ijro etish Usullari ustida ishlash

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

1. Dostonlarning musiqiy xususiyatlarini o‘rganish;

2. O‘zbek folklori;

3. Jahon epik san’ati;

4. Sahna nutqi;

5. Doston ijrochiligi san’ati namoyondalari;

6. Doston ijrochiligi (baxshichilik);

7. Cholg‘u ijrochiligi;

8. Turdosh cholg‘ularni o‘rganish;

9. Doston ijrochiligi asoslari;

10. Sahna madaniyati;

11. Sahna mahorati;

O‘ZMMSI O‘ZMMSI