Asosiy kontentga o'tish

AMALIY LOYIHA

2023-2024-yillarda filologiya fanlari nomzodi, professor v.b Axmedova Oygul Maxamataliyevna rahbarligida IL-662204254-raqamli “Innovatsion texnologiyalar asosida baxshichilik maktablari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning 2023-2024 yillarda asosiy natijalariga erishish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi materiallari asosida nashr etilayotgan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligiga kiruvchi dostonlarning qo‘lyozmalarini (dastlabki 17 jildi misolida), Respublika baxshichilik markazi hamda Republikadagi kutubxona fondlarining baxshichilik san’atiga tegishli man’balari o‘rganildi hamda tegishli material yig‘ildi.

Respublika miqyosida baxshichilik san’atiga xos ma’lumotlarni o‘rganib, Surxandaryoda shakllangan ijodiy maktablarning o'ziga xos ijro uslublari, ustoz-shogird an'analarini tadqiq etib, ularni tizimga solib baxshichilik san`atiga ixtisoslashgan  maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun  “Baxshichilik san’ati tarixi” va “Mutaxassislik” fanlari bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyoti shakllantirildi. Baxshichilik san’atiga ixtisoslashgan  maktab hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining 5-6-sinf o‘quvchilari uchun “Baxshichilik san’ati tarixi” va “Mutaxassislik” darsliklari nashr etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining 2024-yil 11-martdagi 2-son bayoni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-apreldagi 107-son va 2024-yil 24-iyuldagi 260-son buyrug‘i hamda “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihani bajarish to‘g‘risida”gi 2024-yil 20-avgustda taraflar o‘rtasida tuzilgan ALM-202403110255-son shartnomaga muvofiq Davlat ilmiy-texnika dasturi “Pedagogika va psixologiya fanlari” yo‘nalishi doirasidagi “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun brayl alifbosida “Solfedjio” hamda “Musiqa nazariyasi” fanlaridan multimedia mahsulotlari majmuini yaratish” loyihasi tasdiqlandi.

Hozirgi kunda san’at sohasida tahsil olayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchi va talabalar uchun maxsus brayl alifbosida o‘quv adabiyotlari, elektron dasturlar yaratish bugungi kunda eng muhim masala bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, musiqiy ta’limda brayl alifbosida o‘quv adabiyotlar, veb-sayt va elektron platforma yaratilishi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarga sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini ochib beradi. Loyiha doirasida yaratilgan mahsulotlar ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy ta’limni yuqori sifatda tashkil etishga qaratilgan brayl alifbosida, ham oddiy alifboda “Solfedjio” va “Garmoniya” fanlaridan elektron qo‘llanma, audio darsliklar va sayt har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning musiqa va ritmika yo‘nalishlarida rivojlanishini aniqlash imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-16-son farmoni 1-ilova 9-maqsadida keltirilgan topshiriqlarda belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fan yoʻnalishlarida ilmiy yechimga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan fundamental tadqiqotlar tanlovi 4 ta uchun loyihalar, jumladan, “O‘zbek xalq dostonlarining audio variantini tayyorlash hamda “O‘zbek xalq dostonlari” nomli mobil ilovani yaratish”, “Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirlgan maktablar uchun mutaxasislik fanlaridan yangi avlod darsliklarini yaratish va planshetlar uchun  multimedia dasturlarini ishlab chiqish”, “Milliy musiqa san’ati orqali inson ongiga ruhiy-psixologik yordam beruvchi “Maqom kapsulasi” multemedia mahsulotlari majmuasini yaratish” “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ibotiga oid “Katta ashula – milliy meros” nomli multimedia mahsulotini yaratish” mavzularidagi fundamental loyihalar taqdim etilgan.

O‘ZMMSI O‘ZMMSI