Tillar:

Ko'rinish:











KASABA UYUSHMASI



Alimov Sarvar Hushnidjonovich

Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi

Qabul vaqti: Dushanba-juma (14.00 - 17.00)

Tel: +99890-909-60-28

Elektron pochta:sarahborgijjak@gmail.com


MA’LUMOT

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi 2020-yil 14-noyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasining shahar kengashi boshlang‘ich tashkiloti hisoblanadi.

Kasaba uyushmasi tarkibi 1 nafar qo‘mita raisi, 1 nafar qo‘mita kotibasi, 5 nafar qo‘mita komissiya a’zolari, 5 nafar taftish komissiyasi a’zolaridan iborat. Kasaba uyushma qo‘mitasi jamoatchilik asosida tashkil etilgan. Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibiga institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar umumiy jamoa yig‘ilishida saylangan.

Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi:

Qo‘mita raisi; Alimov Sarvar Hushnidjonovich

Qo‘mita a’zolari;


- Ziyayeva Malikaxon (Maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori)

- Bo‘riyeva Komilaxon (Maqom xonandaligi kafedrasi professori v.v.b)

- Bozorbeyev Baxtiyor (Ishlar boshqarmasi boshlig‘i)

- Vaisov Mansur (Maqom xonandaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi)

- Djurayev Alijon (O‘zbek milliy musiqa san’ati fakulteti dekani)


Qo‘mita kotibasi; Tuxtanazarova Gulru.


Qo‘mitaning asosiy maqsad va vazifalari, institutda ish beruvchi hamda xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, Jamoa shartnomasi loyihalarini tayyorlash, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni huquqlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, dam olish va sog‘liklarini tiklashlarida amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institut Kasaba uyushma qo‘mitasi bugungi kunga qadar mustaqil faoliyat yuritib kelmoqda. Jamoa shartnomasi talablari va xodimlar murojaatlari bo‘yicha muntazam qo‘mita majlislari o‘tkazilib kelmoqda. O‘tkazilgan majlislar ochiq va shaffof tarzda bo‘lib har bir qo‘mita a’zosi o‘zining erkin va xolis fikrlarini bayon etadilar. Chiqarilgan barcha qarorlar xodimning manfaati yo‘lida qonuniy hal etib kelinmoqda. Qo‘mita 2024-yil yanvar oyigacha bo‘lgan faoliyati davomida 40 dan oshiq professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga sanatoriyalarga imtiyozli yo‘llanmalar, 10 nafar xodimlar farzandlariga yozgi dam olish oromgohlariga, 80 nafar xodimlarga moddiy yordam mablag‘lari olishlarida ko‘maklashdi.

Qolaversa Kasaba uyushma qo‘mitasi institutda bo‘lib o‘tadigan turli tadbirlarda, xalqaro bayramlarda, turli tashriflarda institut jamoasi nomidan o‘z hissasini qo‘shib, muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Bugunga kelib kasaba uyushma a’zolari soni 2020-yilda 96 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatgich 200 nafardan oshdi.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sam’ati institute kasaba uyushma faoliyati Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi Shahar kengashi tomonidan e’tirof etilib, 2023-yilda “Eng na’munali boshlang‘ich tashkilot” respublika tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Qilingan mehnatlar hamda ahil jamoaning sayi xarakatlari, samarali hamkorliklar tufayli 2024-yilda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi Shahar kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol ijtimoiy xamkor” ko‘rik tanlovida 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Bu xarakatlar yana davom etmoqda.