Daraxt va butalarning inson hayotidagi ahamiyati qanchalik muhimligi barchamizga yaxshi ayon. Ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan salobatli dov-daraxtlar, ko‘kalamzor joylar ko‘zni yashnatishi bilan birga, havo musaffoligini ham ta’minlaydi. Yashayotgan makonni yashillikka burkash, bog‘u bo‘stonlar barpo qilish inson hayotini boqiylikka daxldor qiladi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Zero, ushbu loyiha zamirida avtomobil va turli rusumdagi mashinalar, logistika va texnika vositalari qurshovida qolgan makonga asl tabiatni tuhfa etish, ko‘chat ekish va bog‘ yaratish yotadi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish marafoni o'tkazildi.
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo'lib, davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish belgilab qo'yildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “YAshil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini (havo, suv, er, tuproq, er qaʻri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʻsiri hamda boshqa salbiy taʻsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʻminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Marafonda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti a’zolari va talabalar ishtirok etib, institut hovlisiga turli manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi. Kelajak uchun nihol eking