Tillar:
Bugun mamlakatimiz madaniyati va san’atini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda katta hissa qo‘shgan bir guruh iste’dodli ijodkorlar “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlandi. Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b Eldor Shermanov ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi qarori talablaridan kelib chiqqan holda, ijodiy faoliyatida erishgan yutuqlarni inobatga olib, nomzodlarni ko‘rib chiqish va tanlab olish “Yangi O‘zbekiston yulduzlari”madaniyat va san’at milliy mukofoti komissiyasi tomonidan amalga oshirildi.
Taqdirlash marosimi har yilgidan ko‘ra, o‘zgacha ruh va formatda o‘tkazildi. Mukofotga teatr, sirk, musiqa san’atining estrada, an’anaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs hamda tasviriy va amaliy san’at, badiiy ijod va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan soha vakillaridan nomzodlar ko‘rsatilib, 20 nafari taqdirlandi.
Bugun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
Mukofotga sazovor bo‘lgan ijodkorlar maxsus statuetka, sertifikat va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi yurtimizda uchinchi marotaba o‘tkazildi.