Tillar:
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida 20-dekabr yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi yil sizni chorlaydi" deb nomlangan konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Konsert dasturini Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, O‘zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanov hamda O‘zMMSI professori, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Munojat Yo‘lchiyeva bayram oldi tabrigi bilan ochib berdi.