Tillar:

Ko'rinish:











Image
10 daqiqa o‘qiladi
23 Dekabr, 2024 100

“Yangi O‘zbekiston navolari” konsert dasturi tashkil etildi

2024-yil 23-24-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli tomonidan “Yangi O‘zbekiston navolari” nomli konsert dasturi taqdim etilmoqda.

Yurtimizda milliy madaniyatimizning ajralmas qismi — maqom san’atini rivojlantirish va keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan konsert dasturi milliy merosimizning eng yaxshi namunalarini zamonaviy ijro usullari bilan uyg‘unlashtirgan holda, maqom san’atining boy qatlamlarini namoyish qilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston navolari” konsert dasturida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning bebaho ijodi – “Xamsa” dostoniga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbirda “Xamsa” dostonining mashhur qismi teatr aktyorlari va O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov hamda Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblining yosh ijrochilari sahnaviy talqinda namoyish etib, tomoshabinlarga san’atning turli ko‘rinishlaridan ilhom baxsh etildi.

  • Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash orqali milliy san’atimizning davomiyligini ta’minlash;
  • Yurtimizda maqom san’atini targ‘ib qilish va keng ommaga tanishtirish;
  • Xalqimizning qadimiy musiqa an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat qildi.
  • Maqom yo‘llari va xalq musiqasi namunalarining nafis ijrosi;
  • Yurtimiz she’riyati va musiqasi uyg‘unligida yaratilgan yangi ishlanmalar;
  • Professional raqqoslar ishtirokidagi mahoratli sahna chiqishlari taqdim etildi;
  • Mazkur tadbir orqali ijrochilar milliy musiqa san’atimizni zamonaviy ifoda vositalari bilan boyitildi;
  • Maqomning har bir kuy va ohangida yashiringan dard, muhabbat, quvonch va armonni tinglovchilarga yetkazdi;



Tadbirda O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, Maqom markazi Bosh direktori Avazbek Shomurodov O'zMMSI instituti rektori Eldor Shermonov ishtirok etib, o‘lmas merosimizni yangi avlodga yetkazishdagi bunday tashabbuslarni yuksak baholashdi.




BIZNI KUZATING