“XALQARO HAMKORLIK” BO‘LIMI
• Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida o‘rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
• Institutga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkorlik vakillarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
• Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilar va katta ilmiy xodimlarni chet el xizmat safarlariga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish hamda boshqa Xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlariga tavsiya etish;
• O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari bilan munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish.
• Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
• Xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
• Xorijiy OTMlardan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni ma’ruza o‘qish uchun taklif qilish;
• Imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;
• Xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;
• O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixona va vakolatxonalar bilan ta’lim sohasida do‘stona aloqalar o‘rnatish va boshqalar.
Shu kunga qadar Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 19 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.