Tillar:

Ko'rinish:











Image
10 daqiqa o‘qiladi
28 Mart, 2024 10

“YOSH MAQOMSHUNOSLAR MINBARI”

Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi
o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i va ushbu buyruq bilan tasdqilangan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Organ zalida “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilib “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash” yiliga bag‘ishlangan “Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

“Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan barcha ishtirokchi talaba-yoshlar sertifikatga ega bo’ldilar. Bundan tashqari ishtirokchilar esdalik sovg’asi sifatida mumtoz maqom san’ati haqida ma’lumot beruvchi kitoblar jamlanmasini ham qo’lga kiritdilar.

Konferensiya tashkiliy qo’mitasi tomonidan munosib ko’rilgan 3 nafar ishtirokchiga tashakkurnoma va qo’shimcha sovg’alar taqdim etilgan bo’lsa, O’zbekiston san’at arbobi, s.f.n., professor R.Yunusov tomonidan munosib deb topilgan 6 nafar talabaga olimning ham qo’shimcha sovg’alari topshirildi.

“Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida yalpi majlis ma’ruzalari tinglanganidan so’ng “Mumtoz musiqa tarixi yoshlar nigohida” deb nomlangan 1-3 sho’ba ishidan foto lavhalar



  • 3 nafar ishtirokchiga tashakkurnoma va qo’shimcha sovg’alar taqdim etilgan;
  • “2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘i 26/9 bandiga muvofiq 2024-yil 28-mart kuni o‘tkazilgan;
  • 6 nafar talabaga olimning ham qo’shimcha sovg’alari topshirildi;
  • “Mumtoz musiqa tarixi yoshlar nigohida” deb nomlangan 1-sho’ba;
  • “Maqom san’atining ilmiy-nazariy masalalari” deb nomlangan 2-sho’ba;
  • “Maqom san’atining ijrochilik an’analari” deb nomlangan 3-sho’ba;





Konferensiyaning ochilish marosimida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Zokirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.b., professor S.Begmatov, O‘zbekiston san'at arbobi, s.f.n., professor R.Yunusov va "Turon" FA akademigi, professor R.Qosimov so‘zga chiqib, ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarini qutlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladilar.




BIZNI KUZATING