REJA-MOLIYA BO‘LIMI
- Bo’limga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo’lim boshlig’i, 1-toifali iqtisodchi bilan tashkiliy-amaliy ishlar bilan ta’minlanadi.
- Bo’lim faoliyatiga rahbarlikni bo’lim boshlig’i amalga oshiradi.
• Bo’limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
• Bo’lim boshlig’i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
• O’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalari asosida ish olib borish;
• Bo’limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo’l quygan xodimlarga nisbatan o’rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko’rish;
• Muassasa rahbarining topshirig’iga ko’ra mablag’larni sarflash bo’yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o’tkazish;
• Byudjet va nobyudjet mablag’lar bo’yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;
• Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo’yicha rejalar bajarilishi to’g’risidagi 3-2 shakl hisobotini topshirish;
• 3-2 shakl va 4-ta’lim statistik hisobotlari topshirilgandan so’ng o’quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o’qituvchilar tarkibini aniqlash.
• Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish;
• Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
• Professor-o’qituvchi va xodimlarni moddiy rag’batlantirish xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
• Har chorakda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2014 yil 18 noyabrdagi 4-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 1-T shakli bo’yicha mehnat hisobotini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga topshirib borish;
• O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistika to’g’risida»gi qonuniga asosan taqdim etilgan hamda Davlat statistika qo’mitasining 2013 yil 16 oktyabrdagi 6-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 4-ta’lim shakli bo’yicha har o’quv yili boshiga oliy o’quv yurtlari yillik hisobotini topshirish.
• Bo’lim boshlig’ining topshiriq va ko’rsatmalarini o’z vaqtida sifatli bajarish;
• Talabalar kontingentini har oyning 1-15 holatiga tuzib borish;
• Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop qilish va boshqalar.
• O’UМTV hаmdа yuqori tashkilotlardan kelgan хаt va tоpshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;
• Yangi o’oquv yili uchun qabul qilinayotgan professor- o’qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini yozib borish;
• Har oyning birinchi sanasiga talabalar kontingentini hamda professor- o’oqituvchilar va hodimlar sonini aniqlab borish;
• Shtat intizomini qatiy nazorat qilib borish;
• Institutda talim hizmati va servis soxasi bo’oyicha tushum t o’g’risidagi malumotni О’UМТVgа har оyning 3-sanasiga qadar topshirish;
• Bo’limdа kirish, chiqish hatlarni ro’yxatini olish vа boshqalar.
• Reja-moliya bo’limini rektor tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo’limdagi barcha xodimlar bo’ysinadi;
• Reja-moliya masalalari bo’yicha ko’rsatmalar va topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish;
• Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari sarflanishini nazorat qilish;
• Reja-moliya masalalari bo’yicha yozishmalar olib borish;
• Mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish va boshqalardan iborat.