Tillar:

Ko'rinish:











O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM




Chamanov Oybek Orif o‘g‘li

Bo‘lim boshlig‘i

Qabul vaqti: Har kuni (10:00–15:00)

Tel: +998(88)890-27-72

Elektron pochta: chamanov1@mail.ru


MA'LUMOT

  • Mazkur Nizom va institut Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
  • Institut kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
  • Bo‘lim xodimlari institut rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.


Bo‘lim haqida

- Bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;

- Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

- Institutda dekanatlar, kafedralar, bo‘limlarning o‘quv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini kafedralarga, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;

- Institutning Kengashi, markaziy uslubiy Hay’ati, fakultetlar ilmiy kengashlarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

- Bakalavriat talabalarning Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etish;

- O‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv-yordamchi xodimlar va o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar faoliyatini shakllantirish;

- Institutni bitiruvchi mutaxassislarini ishga taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish;

- Dekanatlarning o‘quv yili bo‘yicha hisobotlarini umumlashtirish va institutning o‘quv ishlari bo‘yicha yillik umumiy hisobotini tuzish;

- Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv reja”lari va “O‘quv jadval”larini tuzish;

- Ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;

- Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlari tayyorlanishini ta’minlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish hamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;

- Malaka oshirish institutlari va markazlarida yakuniy imtixonlardan o‘tmagan pedagoglarni qayta o‘qishlarini nazorat qilish va natijalari to‘g‘risida rektorga ma’lumot taqdim qilish;

- Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va holisonaligini tekshirish ishlarida ishtirok etish;

- Talabalar bilimini baxolash reyting tizimini shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlarda ishtirok etish;

- Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan o‘quv-uslubiy ishlarini haqiqiy ijrosini ta’minlash;

- Professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, va o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan o‘quv jadvali va rejasi asosida o‘tkazilishini shakllantirish va tashkil etish;

- Talabalarning akademik qarzdorliklari va o‘zlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;

- Axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilishi;

- Institutning Ichki tartib-qoidalari, Odob-ahloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;



  • Bilishi kerak

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.


  • Malaka talablari

- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;





BIZNI KUZATING