Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, va mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
• Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
• Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
• Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
• Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
• Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
• Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish;
• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari ham ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qilish,
• Dekanlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashish.
• Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
• Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
• Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
• Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimiyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.