DEVONXONA VA ARXIV BO‘LIMI
Tillar:
DEVONXONA VA ARXIV BO‘LIMI
Bo‘lim haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 26 madagi PF-6000-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4730-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 2 sentabrdagi 536-son qaroriga muvofiq “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti” (keyingi o‘rinlarda-institut deb yuritiladi) institutni tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, institutining normativ hujjatlariga va bo‘lim Nizomiga amal qiladi
Devonxona Nizomi
• Devonxona institutning mustaqil ish yurituvchi tarkibiy bo’limi xisoblanadi, institut ustaviga asosan rektorga bo’ysinadi.
• Devonxona O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Qarorlari, Farmonlari, Qonunlari, Farmoyishlari, Buyruqlari, Xay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Markaziy davlat arxivi boshqarmasining va Toshkent shahar davlat Arxivi qoidalari, institutda amal qilinayotgan buyruq va ko’rsatmalar, Respublikaning tegishli me’yoriy-uslubiy hujjatlari asosida ish yuritadi.
• Devonxona hujjat qabul qilish, tashqi va ichki kirim-chiqim xatlari, yozishmalarni, institut ichki buyruqlarini qayd qilib ularni ma’sul xodimlarga topshiradi.
• Devonxona va arxiv hujjatlarni saqlash va ularni tegishli bo’lgan qonun-qoidalarga rioya qilib, ish olib boradi, ya’ni ish yuritishdagi hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish bajarilishini nazorat qilish muddati tugagan hujjatlarni hisobdan chiqarish;
• Devonxona ish yuritishda hujjatlarni tasdiqlash uchun institut nomi ko’rsatilgan dumaloq muxr, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro’yxatga olish muxri va to’rtburchak shtamp mavjud.
• Devonxona mudiri va arxiv bo’limi xodimi bilan birgalikda institut nomenklaturasini Toshkent shahar davlat Arxivi bilan kelishilgan holda tuzadi, rektor bilan kelishilgan holda imzolaydi va ish yuritish uchun bo’limlarga tadbiq etadi.
Devonxona mudiri lavozim vazifalari
• Institutga keluvchi hujjatlarni to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
• Rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish va rektorga ma’lum qilish uchun topshirish;
• Rektor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
• Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
• Kiruvchi xat-habarlarni, institute rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;
• Ijro etilgan hujjatlarni yig’ma-jildlarga tikib qo’yish;
• Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.