Tillar:

Ko'rinish:











BUXGALTERIYA BO‘LIMI




Isanov Azam Toyirovich

Bo‘lim boshlig‘i

Qabul vaqti: Har-kuni (14:00-17:00)

+998(99) 827-14-12

Elektron pochta: azam.isanov@gmail.com


MA'LUMOT

  • Mazkur Nizom va institut Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
  • Institut kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
  • Bo‘lim xodimlari institut rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.


Bo‘lim va uning faoliyati haqida ma’lumot

Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san’ati instituti buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari hamda buyruqlari, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, institut Ustavi va buxgalteriya bo‘limi Nizomi asosida olib boradi.

Bo‘limning maqsadi institutning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja (smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, institutning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Buxgalteriya bo‘limi xodimlarining tarkibi

Buxgalteriya bo‘limining shtat birliklari tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:

1. Bosh hisobchi institutning tarkibiy tuzilmasiga muvofiq bosh hisobchi bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, O‘zbekistan Respublikasi Madaniyat vazirligining bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.

2. Bosh hisobchi muovini yuridik va jismoniy shahslar bilan xizmat ko‘rsatish hamda xaridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritadi.

3. 1 toifali iqtisodchi xodimlarga tabel asosida ish haqi hisoblash, ularga bank orqali plastik kartochka ochish, shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya badallari o‘tkazilishini ta’minlaydi, institut ombori, moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar kirim-chiqimi hisobini yuritadi, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda qatnashadi.

4. Stipendiya bo‘linmasi - talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi, talabalarning to‘lov kontrakti va billing tizimini yuritadi

5. G‘azna - ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga olingan naqd pul tarqatilishini amalga oshiradi.



  • BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilish;

Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va nazorat qilish;

Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida hisoblanishi va to’lanishini tashkil qilish;

Moddiy boyliklar kirimi va chiqimi, inventarizatsiyasini o’tkazish;

Moliyaviy, Soliq va Statistika hisobotlarini tuzish va Mahalliy va Respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;

Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishini oldini olish;

Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvali va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;

Soliq va Statistika hisobotlarini tuzish va Mahalliy va Respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o’tkazish;

Moliyaviy hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining UzASBO dasturida choraklik, yillik hisobotlarni shakllantirib, belgilangan tartibda yuborish.

  • Bo‘limning huquq va majburiyatlari:

Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

- Bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun institutning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim qilishni talab qilish;

- Institutning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;

- Bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;

- Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib institutning byudjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha institut Kengashiga takliflar kiritish;

- Bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;- qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:

- Qonunchilik hujjatlariga muvofiq institutning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;

- Institutda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;

- O‘rnatilgan tartibda hamda muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, statistika va soliq idoralariga hisobotlarni taqdim etilishini ta’minlash;

- Qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin.


Tadbirlar
Bajarish muddati
Mas’ul
1.
Har chorakda balans va boshqa hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish
Har chorakda
«Buxgalteriya» bo‘limi
2.
Har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining hisobotlarini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga topshirib borish
Hisobot davrining 2-sanasigacha
«Buxgalteriya» bo‘limi
3.
Har chorakda O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining hisobotlarini Toshkent shahar Yunusobod tumani DSI ga topshirib borish
Hisobot davrining 25-sanasigacha
«Buxgalteriya» bo‘limi
4.
Har oyda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ish haqlarini hisoblash va g‘aznachilikka so‘rovnoma topshirish
Нar oyning 5-sanasigacha
«Buxgalteriya» bo‘limi
5.
Har oyda talabalar stipendiyasini hisoblash va g‘aznachilikka so‘rovnoma topshirish
Нar oyning 10-sanasigacha
«Buxgalteriya» bo‘limi
6.
Har oyda professor-o‘qituvchilar va xodimlariga avans hisoblash va g‘aznachilikka so‘rovnoma topshirish
Нar oyning 20-sanasigacha
«Buxgalteriya» bo‘limi
7.
Institut byudjetdan tashqari maxsus faoliyatidan tushayotgan tushumlarning hisobini yuritish hamda muntazam tahlilini o‘tkazib borish
Нar oyda
«Buxgalteriya» bo‘limi
8.
Bo‘limning oylik, choraklik va yillik jurnal orderlarini yuritish va hisobotini tayyorlash
Нar oyda
«Buxgalteriya» bo‘limi
9.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim xizmati va servis sohasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi ma’lumotni OO‘MTVga topshirish
Нar oyda
«Buxgalteriya» bo‘limi
10.
Mol yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi G‘aznachilik ro‘yxatidan o‘tkazish
Kunlik
«Buxgalteriya» bo‘limi
11.
Barcha pul o‘tkazmalariga to‘lov topshiriqnomalar tayyorlash va Moliya vazirligi G‘aznachilikdan o‘tkazish
Kunlik
«Buxgalteriya» bo‘limi
12.
Har oyda debetor va kreditor tashkilotlar bilan solishtirma dalolatnomalar tuzish va hisobini yuritish
Нar oyda
«Buxgalteriya» bo‘limi
13.
Har oyda o‘z vaqtida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning plastik kartochkalariga hisoblangan mablag‘larni o‘tkazish va naqd pullarni tarqatish
Нar oyda
«Buxgalteriya» bo‘limi



BIZNI KUZATING