“VOKAL VA CHOLG‘U IJROCHILIGI PEDAGOGLARI TAYYORLASH” KAFEDRASI

JABBAROV MAKSAD JUMANAZAROVICH

Ilmiy darajasi va unvoni:Mustaqil izlanuvchi (PhD)


Lavozimi: Kafedrasi mudiri v.v.b


Qabul vaqtlari: Har ish kuni (10.00 – 12.00)


Tel.: +998 90 9886270


E-mail: 1tanbur@mail.ru


Dars beradigan fanlari: Cholg‘u ijrochiligi (tanbur), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular).





DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-sonli farmoniga muvofiq tashkil tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tarkibida faoliyatini boshlagan.

2023-2024 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 18,5 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 28 nafar pedagog va 9 nafar jo‘rnavoz ishlaydi), shundan o‘qituvchilar 14,25 shtat asosiy, 4,25 shtat o‘rindoshlik asosida, jo‘rnavozlar 6 shtat asosiy, 2,25 shtat o‘rindoshlik asosida.

- professor – 3 nafar (2 nafar erkak, 1 nafar ayol)

- dotsent – 3 nafar (2 nafar ayol 1 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 3 nafar (2 nafar erkak 1 nafar ayol);

- o‘qituvchilar – 20 nafar (17 nafar erkak, 3 nafar ayol);

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 35-40 yoshni tashkil qiladi.

Ijrochilikda iste’dodi alohida e’tirof etilgan bitiruvchi ansambl sozandasi, jo‘rnavoz sifatida faoliyat olib borish hamda cholg‘u ijrochiligi turlarining oiladosh cholg‘ulardan kasbiy va pedagogik faoliyat yuritishi mumkin.

Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatlarini yanada rivojlantirish borasida kafedra tomonidan muntazam ravishda seminarlar, konferensiyalar, tanlovlar, musiqiy kechalar, konsertlar va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi hamda ularni telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunda tahsil olayotgan talabalar orasida “Shuhrat” medali, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti hamda nomdor stipendiyalar sohiblari ham mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Respublika musiqa va san’at kolleji, R.M.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bilan hamkorlik aloqalari amalga oshirilgan. Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘zaro anglash, musiqa san’ati, musiqashunoslik va musiqa ta’limi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Osh davlat pedagogika universiteti bilan innovatsion hamkorlik sharnomalari imzolangan hamda aloqalar o‘rnatilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda.


To‘garakning maqsadi – yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyaini shakllantirishga ko‘mak berish, ularni turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirokini ta’minlash hamda tanbur, dutor, qashqar rubobi kabi milliy sozlarimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish, musiqa olamini, go‘zallikni xis qilish, insoniy fazilatlarni tarkib toptirishdan iborat.

To‘garakning vazifalari – Musiqa ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni jamlab, ularga “Shashmaqom”, Toshkent-Farg‘ona maqomlari va Xorazm maqomlarini tahlil qilish, milliy musiqa me’rosimizdagi oltin fond (audio-video) yozuvlarini yig‘ish, atoqli ustozlar ijro yo‘llarini o’rganish va tahlil qilish, saviyasi, iqtidoriga mos asarlarni tanlab o‘rganishdan iborat.


1. Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular)

2. Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)

3. Maktab repertuarini o‘rganish

4. Ansambl sinfi (an’anaviy xonandalik)

5. Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish

6. Cholg‘u sozini o‘rganish

7. Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular)

8. Kasbiy pedagogika

9. Pedagogika. Psixologiya

10. Musiqiy pedagogika va psixologiya

11. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

12. Jamoa ijrochilik uslubiyoti

13. Xonandalikdan dars berish uslubiyoti

14. Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti

15. An’anaviy xonandalik

16. Cholg‘u ijrochiligi