“O’ZBEK ADABIYOTI, TILLAR VA GUMANITAR FANLAR ” KAFEDRASI

BERDIXANOVA SHAXIDA NURLIBAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)


Lavozimi: O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri


Qabul vaqtlari: Chorshanba, Juma kunlari (10.00 – 13.00)


Tel.: +998 90 974 32 23


E-mail: shahida88@bk.ru


Dars beradigan fanlari:Musiqashunoslik asoslari, Solfedjio, Etnosolfedjio, Garmoniya, Polifoniya, Zamonaviy musiqa shakli, XXI asr jahon musiqa madaniyati, Zamonaviy garmoniya, Doston solfedjio, Musiqa asarlari tahlili, Malakaviy amaliyot, Ilmiy tadqiqot va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash.





DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020 yil 2 sentabrdagi 536-son qarori asosida yangi institut ish faoliyatini boshladi.

Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib madaniyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi .Shu munosabat bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti qoshida 2020 yil 3-sentabrdan barcha kafedralar qatorida “O’zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil topgan.

2023-2024 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 12,75 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 10 nafar pedagog ishlaydi), shundan 9 shtat asosiy, 3,75 shtat o‘rindoshlik asosida.

- professor – 1 nafar (1 nafar erkak);

- dotsent – 1 nafar (1 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 2 nafar (1 nafar erkak, 1 nafar ayol);

- o‘qituvchilar – 3 nafar (1 nafar erkak, 2 nafar ayol).

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi.

Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 30%ni tashkil etadi.

Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan yosh kadrlarga musiqiy-nazariy tizim ishlari, tа’limiy va tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bundan tashqari kafedrada o‘qituvchilar tomonidan ilmiy-uslubiy ishlar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy maqolалар nashr ettirish masalasiga alohida e’tibor beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi, Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘zaro anglash, musiqa san’ati, musiqashunoslik va musiqa ta’limi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Osh davlat pedagogika universiteti bilan innovatsion hamkorlik sharnomalari imzolangan hamda aloqalar o‘rnatilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda. “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kafedra istiqbolini belgilovchi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi. 2023-2024 yillarda “O‘zbek musiqasi tarixi nazariyasini o‘rganish va yosh avlodni milliy musiqa ruhida tarbiyalash” mavzusi kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi etib belgilangan. Bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida bajariladigan ilmiy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’milash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ3775-sonli qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabr “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashni ham nazarda tutadi.

Kafedra bosh mavzusidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot doirasida olib borayotgan izlanishlarini ommalashtirish va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozaralarni yuzaga chiqarish maqsadida ilmiy-nazariy seminarlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.

Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilgan: - kafedraning tasdiqlangan kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; - ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanma, monografiyalar tayyorlash va chop etish; - kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish; - turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish; - ilmiy-nazariy, amaliy anjuman, seminarlarda ishtirok etish; - talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish; - institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisligiga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.


1. Musiqashunoslik asoslari.

2. Aruz va musiqa

3. Jahon musiqasi tarixi.

4. O‘zbek musiqasi tarixi.

5. Solfedjio. Maqom solfedjio.

6. Garmoniya

7. Sharq xalqlari musiqasi tarixi.

8. Musiqa asarlar tahlili.

9. Polifoniya

10. An’anaviy o‘zbek musiqasi asoslari

11. Musiqa nazariyasi. Solfedjio.

12. Manbashunoslik

13. Musiqiy tanqidning ilmiy asoslari

14. Musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitish uslubiyoti

15. Musiqiy-tarixiy fanlarni o‘qitish uslubiyoti

16. Musiqashunoslik metodologiyasi

17. Etnomusiqashunoslik asoslari

18. Musiqiy-nazariy tizimlar

19. Musiqiy akustika

20. O’zbek maqom tarixi va nazariyasi

21. Radio va telejurnalistika notiqligi

22. Xalq musiqa ijodiyoti

23. Doston solfedjio

24. O’zbekiston musiqa madaniyati

25. Etnosolfedjio

26. Zamonaviy garmoniya

27. XXI asr jahon musiqa madaniyati

28. Maqomot va zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti

29. Sharq xalqlari maqomlari

30. Zamonaviy musiqa shakli