“DOSTON IJROCHILIGI” KAFEDRASI

HAYITOV ZAFAR SOATOVICH

Ilmiy darajasi va unvoni:Katta o’qituvchi

Lavozimi: Kafedrasi mudiri v.b

Qabul vaqtlari: Har ish kuni (10.00 – 12.00)

Tel.: +998 90-909 21 86

E-mail: zafarhayitov2@gmail.com

Dars beradigan fanlari: Doston ijrochiligi

DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli, 2019-yil 14-maydagi “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4320-sonli qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda baxshichilik san’atini asrab-avaylash, dostonchilik maktablarining ijro usullarini ilmiy tadqiq etib, qayta tiklash, ularni yosh avlodga o‘rgatish, baxshichilik sohasida malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash “Doston ijrochiligi” kafedrasining maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni, 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassaslarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’milash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarori dasturamal manba bo‘lib xizmat qiladi.

Belgilangan vazifalardan kelib chiqib “Doston ijrochiligi” kafedrasi tomonidan bir qator vazifalar belgilab olindi. Jumladan,

- madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;

- baxshichilik san’ati bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

- o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, baxshi va oqinlarning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va qayta tiklash;

- milliy musiqa san’ati va xalq ijodiyoti yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

- o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida madaniyat muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy etish, xususan, yoshlarni musiqa va san’atga keng jalb qilish, ularda estetik did va kasb odob-axloqini tarbiyalash maqsadida madaniyat, musiqa va san’at yo‘nalishida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, ansambllar va to‘garaklar tashkil etish.

2022-2023 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 11.8 stavkani tashkil etadi. Ushbu shtatlarda jami 13 nafar pedagog ishlaydi, shundan 7.7 shtat asosiy, 4.1 shtat o‘rindosh.

- professor v.b.lar – 2 ta (1 nafar ayol, 1 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 4 nafar (4 nafar erkak);

- o‘qituvchilar – 5 nafar (6 nafar erkak).

- jo‘rnavozlar – 2 ta (2 nafar erkak)

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 45 yoshni tashkil qiladi.

Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 29% ni tashkil etadi.

“Doston ijrochiligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida 1-kurs 60211900 - Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik), 2-kurs 60211900 - Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik) 3-kurs 5151600- Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik), 3-kurs 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular), 4-kurs 5150600 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga ta’lim berildi.

2022-2023 o‘quv yilida kafedrada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni, 2022-2023 –yil Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash hamda yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq va ko‘rsatmalar, institut Kengashi va fakultet kengashi qarorlari, institut rektori buyruqlari va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘quv jarayoni sifatli tashkil etildi.

2022-2023 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 20-2018-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan vaqt me’yorlari doirasida shakllantirildi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlandi.

To‘garakning maqsadi – yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyaini shakllantirishga ko‘mak berish, ularni turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirokini ta‘minlash hamda cholg‘u ijrochiligiga talaba yoshlarni bo‘lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish, musiqa olamini, go‘zallikni xis qilish, insoniy fazilatlarni tarkib toptirishdan iborat.

To‘garakning vazifalari: Musiqa ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni jamlab, ularga do‘mbra va dutor chol‘usida o‘zlariga jo‘r bo‘lishni o‘rgatish, “Shashmaqom”, Toshkent-Farg‘ona maqomlari va Xorazm maqomlarini tahlil qilish, milliy musiqa me’rosimizdagi oltin fond (audio-video) yozuvlarini yig‘ish, atoqli ustozlar ijro yo‘llarini o’rganish va tahlil qilish, saviyasi, iqtidoriga mos asarlarni tanlab o‘rganishdan iborat.

1. Dostonlarning musiqiy xususiyatlarini o‘rganish;

2. O‘zbek folklori;

3. Jahon epik san’ati;

4. Sahna nutqi;

5. Doston ijrochiligi san’ati namoyondalari;

6. Doston ijrochiligi (baxshichilik);

7. Cholg‘u ijrochiligi;

8. Doston ijrochiligi asoslari;

9. Sahna madaniyati;

10. Ovozni yo‘lga qo’yish;