XALQARO ALOQALAR BO’LIMI



Xalqaro aloqalar” bо‘limi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining xorijiy oliy ta’lim darohlari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv ilmiy va innovatsion loyiha va tajribalarni о‘rganish, ularni institut ta’limiga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirib yo`lga qo`yuvchi va boshqaruvchi bо‘limdir. Shuning bilan bir qatorda bо‘lim institutning xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda о‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu bо‘lim san’at, madaniyat va media sohasida xorijiy mamlakatlar bilan о‘zaro tajriba almashishga va institut talabalari, doktorantlari va professor-o`qituvchilarining nufuzli xalqaro kо‘rik-tanlovlarda, xalqaro konferensiya, seminar va master-klasslarda ishtirok etishiga zamin yaratishga yо‘naltirilgan.