“O’ZBEK ADABIYOTI, TILLAR VA GUMANITAR FANLAR ” KAFEDRASI

ORIPOVA RA’NO IBROXIMOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent


Lavozimi: Kafedrasi mudiri


Qabul vaqtlari: Har ish kuni (10.00 – 12.00)


Tel.: +998 71 237-35-75


E-mail: oripova.ranoxon@bk.ru


Dars beradigan fanlari: Pedagogika, Psixologiya, Kasbiy pedagogika, Musiqiy pedagogika va psixologiya, Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat, Tarbiyaviy ishlar metodikasi





DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020 yil 2 sentabrdagi 536-son qarori asosida yangi institut ish faoliyatini boshladi. Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib madaniyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi .Shu munosabat bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti qoshida 2020 yil 3-sentabrdan “O’zbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil topgan.

2023-2024 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 6,45 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 10 nafar pedagog ishlaydi), shundan 4,05 shtat asosiy, 1,4 shtat o‘rindoshlik asosida.

- dotsent – 4 nafar (2 nafar ayol 2 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 1 nafar (1 nafar erkak);

- o‘qituvchilar – 4 nafar (2 nafar erkak, 2 nafar ayol).

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 49 yoshni tashkil qiladi.

Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 80%ni tashkil etadi.

Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ta’limiy va trabiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ular tomonidan auditoriyadan tashqari vaqtlarda fan to’garaklari tashkil etilgan. Institutimizning iqtidorli talabalari ushbu fan to‘garaklarida xorijiy tillarni mustahkam o‘rganib borishmoqda. Bundan tashqari kafedrada o‘qituvchilar tomonidan ilmiy-uslubiy ishlar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy maqolalar nashr ettirish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Kafedrada Respublikamizdagi Xorijiy tillar bo‘yicha nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi, Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘zaro anglash, musiqa san’ati, musiqashunoslik va musiqa ta’limi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Osh davlat pedagogika universiteti bilan innovatsion hamkorlik sharnomalari imzolangan hamda aloqalar o‘rnatilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda.

“O‘zbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar” kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kafedra istiqbolini belgilovchi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi. 2022-2023 yillarda “Ta’lim sifatini oshirishda fanlararo aloqadorlik” mavzusi kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi etib belgilangan. Bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida bajariladigan ilmiy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’milash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ3775-sonli qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabr “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashni ham nazarda tutadi.

Kafedra bosh mavzusidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot doirasida olib borayotgan izlanishlarini ommalashtirish va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozaralarni yuzaga chiqarish maqsadida ilmiy-nazariy seminarlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.

Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilgan:

- kafedraning tasdiqlangan kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanma, monografiyalar tayyorlash va chop etish;

- kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish;

- turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish;

- ilmiy-nazariy, amaliy anjuman, seminarlarda ishtirok etish;

- talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisligiga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.


To‘garakning maqsadi – yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyaini shakllantirishga ko‘mak berish, ularni turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirokini ta’minlash hamda adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, musiqa olamini, go‘zallikni xis qilish, insoniy fazilatlarni tarkib toptirishdan iborat.

To‘garakning vazifalari:

Musiqa ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni jamlab, ularga g‘azallar badiiyatini o‘rgatish, g‘azal janri tarixi, vazn, qofiya, tasavvifiy timsollar, maqom g‘azallar mazmun-mundarijasi haqida eng muhim ma’lumotlarni yetkashiz, saviyasi, iqtidoriga mos asarlarni tanlab tahlil qilish, “bahru-bayt” o‘tkazish. Ularni turli ko‘rik-tanlovlarga tayyorlash, bayram tadbirlariga jalb etishdan iborat.


1. O’zbek mumtoz she’riyati

2. Aruz va mumtoz musiqa

3. Maqom turkumidagi g’azallar poetikasi

4. Nutq madaniyati

5. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi

6. Mumtoz she’riyat asoslari

7. O’zbekistonning eng yangi tarixi

8. Fors tili

9. Ingliz tili

10. Axborot texnologiyalarida musiqani matematik modellashtirish

11. Pedagogika. Psixologiya

12. Kasbiy pedagogika

13. O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi