Tillar:

Ko'rinish:











Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi hamkorligida o‘tkazilgan mahorat darsi hamda qo‘shma konsert to‘g‘risida

Image
10 daqiqa o‘qiladi
19 Mart, 2025 12

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi hamkorligida 19-mart kuni Ozarbayjon mug‘om san’at ustalari, Ozarbayjon xalq va xizmat ko‘rsatgan artistlar jumladan, Ozarbayjonda xizmat ko'rsatgan artist, xalqaro tanlovlar laureati, mug‘om markazi direktori Sahib Pashazade, Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti Zabit Nabizade, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Hayyam Mamedovlar tomonidan O‘zMMSIda mahorat darsi o‘tkazildi.

Image

Mahorat darsida Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti Zabit Nabizade hamda Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Hayyam Mamedovlar tomonidan O‘zbek milliy musiqa san’ati hamda Ozarbayjon milliy mugʻom sanʼatining ma’naviy boylikni oshirish, ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati haqida so‘z bordi.

Image

Ozarbayjon san’atida gʻazallarning oʻrni, gʻijjak va doira cholgʻularining ijrochiligdagi ahamiyati haqida bir qator ma’lumotlar berib o‘tildi. Institut katta zalida mehmon san’atkorlar bilan birgalikda hisobot dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Image

Tadbir yakunida Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist - Sahib Pashazade,Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti Zabit Nabizade va Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Hayyam Mamedovlarga Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b Eldor Shermanov tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.




BIZNI KUZATING